TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Python Заметки

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Најди сличен содржај

Изворен канал @pythonotes · Post #310 · 22 фев.

Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩 Больше двоек в дататайме вы не застанете! Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам))) 🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз! ⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд! #offtop

Hashtags

Резултати

Пронајдени 4 слични објави

Пребарај: #gadjetlar

当前筛选 #gadjetlar清除筛选
Far·hod·jon

@farhodjon · Post #260 · 14.11.2019 г., 15:35

Motorola 2004-yilda sotuvga chiqarilgan Razr telefonini qayta ishlab chiqaribdi. 2020-yil yanvardan $1499 narxda sotuvda. Telefon xuddi originaliga oʻxshab buklanar ham ekan! https://youtu.be/IxSTFbL9ziw Mening birinchi haqiqiy telefonim shu Razr boʻlgan. Dizayni oʻziga xos, alohida audiopleyeri iTunes orqali sinxronizatsiya boʻlardi. Shu telefon orqali Apple mahsulotlari bilan tanishishni boshlaganman. U paytda odamlar iTunes dasturida turli musiqalarni albomlarga yigʻish, ularga mos kaver (cover) rasmlar qoʻyish va pleylistlar tayyorlashni yoqtirishardi... Nostalgiya! The Verge nashridan taqriz: https://www.theverge.com/2019/11/13/20963294/motorola-razr-new-foldable-smartphone-android-hands-on-flip-phone-photos-video #gadjetlar

Hashtags

Far·hod·jon

@farhodjon · Post #256 · 03.11.2019 г., 12:21

Airpods Pro Shu yil mayda AirPods haqida yozgandim. Keyinroq Telegram kanalimda Sony WF-1000M3 haqidagi postimda AirPodsʼning menga eng nomaqbul tomonini keltirgandim: AirPods, masalan, mening qulog'imga yaxshi "o'tirmadi": ba'zida tushib ketadi. 28-oktabrda esa Apple AirPodsʼning haqiqiy yangi versiyasini taqdim qildi: AirPods Pro. Apple “Pro” kengaytmasini qoʻshib chiqaradigan mahsulotlarini professional odamlar uchun, deb hisoblanadi: iPad → iPad Pro, MacBook → MacBook Pro. Lekin oxirgi paytlardagi oʻzgarishlarga qaraganda, “Pro” mahsulotlar shunchaki nisbatan koʻproq imkoniyatlari bor, kuchliroq konfiguratsiyaga ega va qimmatroq qurilmalar tushunilyapti: iPhone Pro faqat professionallar uchunmas, shunchaki, kamerani farqiga boradigan foydalanuvchilar uchun. AirPods Pro ham iPhone Pro kabi: ovoz bilan ishlaydigan professionallargamas, shunchaki, ovozni farqlay oladigan va qimmatroq qurilmani olishga tayyor odamlar uchun. Sony xuddi shu segmentdagi naushniklarini chiqarganda ulardagi shovqinni yoʻqotish tizimi sifatli boʻlishiga shubhalangandim. Chunki, Bose QC35 kabi naushniklar quloqning atrofiga joylashadi (over ear) va quloq uchun oʻziga xos vakuum hosil qiladi (ularning nomi ham inglizchada “headphones” — quloqqa bogʻliq joyi yoʻq). Lekin boshning formasiga qarab ochiq joylardan tashqaridagi shovqin quloqqa eshitilishi mumkin. AirPods Pro esa ambushyuralar (ear tip) orqali quloq teshigining oʻziga joylashadi (inglizchada “earbuds” yoki “earphones”) va shu teshikning oʻzigagina ovoz oʻtkazmaydi. Bu quloqni terlatmasdan shovqinni oʻtkazmaslikka olib keladi — 👍 AirPods Pro farqlari: - shovqinni yoʻqotish funksiyasi; - shaffoflik rejimi: ham tashqarini, ham AirPods Pro berayotgan ovozni eshitish; - silikondan qilingan ambushyuralarning 3 xili mavjud: deyarli barcha quloqlarga toʻgʻri keladi va quloqqa yaxshi joylashadi; - qoʻngʻiroq va musiqani, yana shovqinni yoʻqotish rejimini boshqarish sensori (eskisida ikki marta AirPodsʼni turtish kerak edi); - suvdan himoya: yomgʻirda ham foydalanish mumkin. va hokazo. Menga eng muhim joyi ular quloqdan tushib ketmasligi. Menda AirPods yurganda, ovqat yeganda asta-sekin tushib ketadi. Shuning uchun ularni tashqarida taqqanda xavotirda yuraman. Va Bose QC35 kabi shovqinni yoʻqotishi. Bu yerda yozishlaricha, AirPods Proʼdagi shovqinni yoʻqotish rejimi (ANC — active noise cancellation) Boseʼdan koʻra yaxshiroq: https://twitter.com/ryan/status/1189643522418151424 Keyinroq eski AirPodsʼni yangisiga almashtirsam kerak. Ovoz sifatini Bose bilan ham solishtirish lozim: oddiy AirPods ovoz sifatida Boseʼdan orqada. Bu yerda Markes Braunlidan qisqa taqriz: https://youtu.be/MrUhzYdcX6w Wylsacomʼdan ruscha taqriz: https://youtu.be/jO-OLfWVMd4 Aytgandek, bu safar Apple shu mahsulotini tinchgina, hech qanaqa shovqinlarsiz chiqargandan soʻng Twitterʼning tomi ketdi: lentamda juda koʻp odamlar AirPods Pro haqida yozishni boshladi. Qiziq. #gadjetlar@FarLives🌀

Hashtags

Kun.uz AI

@kunuzai · Post #196 · 23.02.2025 г., 07:29

🖱️Asus hid chiqaruvchi sichqoncha taqdim etdi! 🌿💨 Fragrance Mouse – oddiy sichqoncha emas! Uning ichiga xushbo‘y moy yoki atir qo‘shib, ish joyingiz yoki o‘yin muhitini sevimli hidingiz bilan to‘ldirish mumkin. Xususiyatlari: 🔹 10 million marta bosishga chidamli tugmalar. 🔹 1200, 1600 yoki 2400 DPI (sezgirlikni o‘zingiz moslashingiz mumkin). 🔹 Hidni o‘zingiz tanlashingiz mumkin – kayfiyatingizga qarab xushbo‘y hid qo‘shing! Narxi hali ma’lum emas, lekin bunday gadjet eksklyuzivlikni yoqtiradiganlar uchun qiziq bo‘lishi aniq. #Asus#Texnologiya#Gadjetlar

Kun.uz AI

@kunuzai · Post #157 · 17.02.2025 г., 03:38

🖱 Kanadalik muhandis “ko‘rinmas” sichqoncha yaratdi!🔥 Texnologiya dunyosida yana bir innovatsiya! Kanadalik texnik mutaxassis ko‘rinmas sichqoncha ishlab chiqdi – u oddiy halqa ko‘rinishida. 🔹 Bu nima? 💍 Barmoq halqasi ichiga joylashtirilgan sensorlar harakatlarni aniqlaydi. 🖖Barmoqlar harakati sichqonchaning o‘ng va chap tugmalari sifatida ishlaydi. 💡Natija? To‘liq havoda boshqariladigan sichqoncha! 🚀 💭 Kelajak manipulyatorlari shunday bo‘ladimi? #AI#Gadjetlar#Texnologiya#Innovatsiyalar@kunuzai