TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Python Заметки

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Најди сличен содржај

Изворен канал @pythonotes · Post #310 · 22 фев.

Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩 Больше двоек в дататайме вы не застанете! Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам))) 🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз! ⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд! #offtop

Hashtags

Резултати

Пронајдени 1 слични објави

Пребарај: #gulyash

当前筛选 #gulyash清除筛选
Etimologiya burchagi

@etimologiya_burchagi · Post #110 · 22.06.2024 г., 14:28

#gulyash Rus etimologlariga ko’ra bu so’z ularga mojorlar (vengrlar) tilidan kirib kelgan. Mojorlar tilida bu so’z gulas bo’lib, sergo’sht yemak turidir. Mojor tiliga esa turkiy tildagi kül aşï so’zining o’tishi bilan kirib kelgan. Külaş demak aslida kulda pishirilgan ovqat bo’lishi kerak. Turkiy tildan boshqa tillarga o’zlashmalarni ko’rib chiqsak, ular asosan yeguliklar bilan bog’liq so’zlar ekani e’tiborni tortadi. Ulardan yana ikkisini quyida ko’ramiz. #yogurt O’zbek tilida ayni mahsulot uchun aslida qatiq deymiz. Sutning achitqi bilan qotirilishi natijasida tayyorlagani sabab qot- fe’lidan kelgani ma’lum. Biroq turkiy xalqlar orasida qatiqni ayni paytda yoğurt ham deyishadi. Bu so’z esa qorishtirmoq ma’nosidagi yo’g’ur- fe’lidan yasalgan. Sutga achitqining yo’g’urilishi natijasida tayyorlangani nazarda tutilgan. Turkiy xalqlar dunyo oshxona madaniyatiga qo’shgan eng katta hissalaridan biri qatiq va ayron bo’lib, bu so’zlar dunyoning ko’plab tillarida ham aynan turkiy tildagi shakli (yogurt/ayran) bilan aylanib yuradi. Demak mahsulotni kim o’ylab topsa, ishlab chiqarsa, mahsulot bilan birga nomni ham boshqalarga o’tkazadi. Xalqimizda rus tilidan qayta olingan so’z sifatida yogurt aslida mevali qatiqni ifodalaydi. Rus tilidan aynan olingani bois, bizda ğ tovushi bo’la turib ğ bilan emas, aynan rusiyona talaffuz qilinyapti. #pirog Yegulik/ichimlik bilan bog’liq yana bir o’tkazma so’zimiz. So’zning o’rta turkiy matnlardagi shakli bögüräk yoki bögräk bo’lib, hozirda Turkiyada börek yoki xorazmda bäräk (tuxum bäräk) deyishadi. Ko’pchilik etimologlar fikriga ko’ra pirog va pirojki/pirojok kabi so’zlar aynan turkiy tillardagi shu so’zlarning rus tiliga o’tgan shakllaridan boshqasi emas. Etimologiya burchagi