Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩
Больше двоек в дататайме вы не застанете!
Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам)))
🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз!
⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд!
#offtop
#huquqiytargibot
Probatsiya nazoratidagi shaxslar qanday hisoblarda turishlari mumkin
Probatsiya nazoratidagi shaxslar to‘rt xil hisobda turadi:
1. Tezkor hisob: Hukmi ijro etilayotgan shaxslar.
2. Dastlabki hisob: Ishga joylashmagan, sababsiz ishlamay yurgan yoki qidiruv harakatlari olib borilayotgan shaxslar.
3. Nazorat hisobi: Ish joyini o‘zgartirgan, kasallik yoki boshqa sabablar bilan vaqtincha ishlamayotgan, tibbiy ko‘rikka yuborilgan yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslar.
4. Qidiruvdagilar hisobi: Sud ajrimi asosida qidiruvga berilgan shaxslar.
IIVJIED
#huquqiytargibot
Mahkum majburiy tibbiy choralardan bosh tortsa qanday oqibatlarga olib keladi
Agar mahkum majburiy tibbiy choralardan bosh tortsa, tibbiyot bo‘limi boshlig‘i bu haqda jazoni ijro etish muassasasi boshlig‘iga yozma ravishda axborot beradi.
Bu holatda, majburiy davolanishdan bosh tortgan shaxsga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar qo‘llanilishi mumkin.
IIVJIED
#huquqiytargibot
Sud qachon mahkumga nisbatan majburiy tibbiy choralarni tayinlashi mumkin
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 96-moddasiga ko‘ra, agar shaxs alkohollik, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bo‘lgan yoki aqli rasoligini istisno etmaydigan darajada ruhiy holati buzilgan bo‘lsa va bu haqida tibbiy xulosa mavjud bo‘lsa, sud jazo tayinlash bilan birga majburiy tibbiy choralarni ham qo‘llashi mumkin.
IIVJIED
#huquqiytargibot
Jinoyat sodir etgan voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan majburiy choralar:
🔰 Sud belgilaydigan shaklda jabrlanuvchidan uzr so‘rash
🔰 O‘n olti yoshga to‘lgan shaxs zimmasiga yetkazilgan zararni o‘z mablag‘i hisobidan yoki mehnati bilan to‘lash yoki bartaraf qilish
🔰 Voyaga yetmagan shaxsni maxsus o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish
IIVJIED
#huquqiytargibot
Mahkumni axloqan tuzatish: Asosiy turlari va vositalari
Mahkumni axloqan tuzatish — unda qonunga itoatkor xulq-atvorni, insonga, jamiyatga, mehnatga, jamiyat turmushi qoidalari va an’analarga hurmat munosabatini shakllantirishdan iborat. Axloqan tuzatish vositalari jazо turini, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, shuningdek mahkumning shaxsi va xulq-atvorini inobatga olgan holda qo‘llaniladi.
IIVJIED
#huquqiytargibot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan Jinoyat kodeksida voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar hamda ular bilan jinsiy aloqa qilish va uyatsiz-buzuq harakatlarni sodir etish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun muqaddam sudlangan shaxslarni umrbod ozodlikdan mahrum qilish yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilash bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi Bosh prokuratura, Oliy sud, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Adliya vazirligi bilan hamkorlikda qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
IIVJIED
#huquqiytargibot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan keng jamoatchilik, ekspert va faollarning jinoyat-ijroiya qonunchiligini takomillashtirishga qaratilgan quyidagi takliflari ma’qullandi.
Endilikda Jinoyat kodeksining 118 va 119-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan sodir etganlik uchun sudlangan shaxslar manzil-koloniyalarga o‘tkazilmaydi.
Shuningdek, ushbu nazarda tutilgan jinoyatlar uchun jazoni o‘tayotgan mahkumlarni psixologik tuzatish dasturidan o‘tmasdan, saqlash sharoitlarini yengillashtirish amaliyotiga chek qo‘yiladi.
IIVJIED
#huquqiytargibot
Jinoyat sodir etgan voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan majburlov choralari
🔰 Sud belgilaydigan shaklda jabrlanuvchidan uzr so‘rash
🔰 O‘n olti yoshga to‘lgan shaxs zimmasiga yetkazilgan zararni o‘z mablag‘i hisobidan yoki mehnati bilan to‘lash yoxud bartaraf qilish
🔰 Voyaga yetmaganni maxsus o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish
IIVJIED
#huquqiytargibot
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga asosan jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan quyidagi jinoiy jazolar qo‘llanilishi mumkin
1️⃣ Jarima;
2️⃣ Muayyan huquqdan mahrum qilish;
3️⃣ Majburiy jamoat ishlari;
4️⃣ Axloq tuzatish ishlari;
5️⃣ Xizmat bo‘yicha cheklash;
6️⃣ Ozodlikni cheklash;
7️⃣ Intizomiy qismga jo‘natish;
8️⃣ Ozodlikdan mahrum qilish;
9️⃣ Umrbod ozodlikdan mahrum qilish.
IIVJIED
#huquqiytargibot
Probatsiyadagi shaxslarning yashash joyini o‘zgartirishiga ruxsat bormi
Agar probatsiyadagi shaxs doimiy yashash joyini yoki tegishli ma’muriy hududni tark etishi kerak bo‘lsa, u bu haqda probatsiya xizmatiga murojaat qiladi. Unga ruxsatnoma rasmiylashtirilib, mazkur masala ko‘rib chiqilishi uchun hududiy prokurorga yuboriladi.
IIVJIED
#huquqiytargibot
Probatsiya nazoratidagi shaxslar majburiyatlarini buzsa, unga qanday choralar qo‘llaniladi
Agar mahkum sud tomonidan belgilangan cheklov va majburiyatlarga amal qilmasa, probatsiya bo‘linmasi unga nisbatan ogohlantirish tarzidagi intizomiy jazo chorasini qo‘llaydi.
Bu haqda qaror qabul qilinib, dalolatnoma tuziladi.
IIVJIED
#huquqiytargibot
Sud tomonidan tayinlangan jazo muddati tugaguniga qadar mahkum quyidagi hollarda jazoni o‘tashdan ozod qilinishi mumkin:
- muddatidan ilgari shartli ozod qilinganda (JK 73-modda);
- jazo yengilrog‘i bilan almashtirilganda (JK 74-modda);
- kasalligi yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganligi tufayli (JK 75-modda);
- amnistiya yoki avf etilganligi tufayli (JK 76-modda).
IIVJIED