@gsbe_uz · Post #2657 · 14.10.2025 г., 13:02
🍬“CRAFERS”da navbatdagi amaliy tashrif! Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari O‘zbekistondagi yirik qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan “CRAFERS” MCHJ korxonasiga navbatdagi amaliy tashrifni amalga oshirdilar. Tashrif davomida tinglovchilar ishlab chiqarish jarayonlari, ilg‘or texnologiyalar, hamda zamonaviy boshqaruv tizimlari bilan bevosita tanishdilar. Ishtirokchilar “Crafers”ning ishlab chiqarish zanjiri, mahsulot sifati nazorati, logistika va eksport salohiyati bilan yaqindan tanishishdi. Mutaxassislar tomonidan korxonaning rivojlanish strategiyasi va bozor faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 🎓 Bunday tashriflar tinglovchilarga nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirish, innovatsion menejment yondashuvlarini real jarayonda kuzatish, hamda kelajakdagi biznes loyihalari uchun ilhom olish imkonini beradi. 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#Crafers#Amaliyot#BusinessEducation#IndustryVisit 🔝Web-site |🔝Facebook |🔝Instagram | 🔝Youtube