@YouthCenterZiyo · Post #1028 · 21.10.2025 г., 14:58
🌎"Ziyo Forum" yoshlar markazida Study Fair & International Seminar bo‘lib o‘tdi! 11-oktabr kuni Ziyo Forum yoshlar markazida chet elda ta’lim olishni istagan yoshlar uchun Study Fair & International Seminar nomli tadbir tashkil etildi. Tadbirda AQSh, Buyuk Britaniya, Yevropa, Osiyo va Avstraliya universitetlari vakillari qatnashib, xalqaro ta’lim dasturlari va TOEFL iBT orqali grant asosida o‘qish imkoniyatlari haqida ma’lumot berishdi. Ishtirokchilar universitet vakillari bilan bevosita muloqotda bo‘lish, savollar berish va o‘z kelajak yo‘nalishlarini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. ☕️ Tadbir iliq muhitda o‘tib, mehmonlarga bepul kofe va shirinliklar taqdim etildi. Barcha rasmlarni havola orqali topsangiz bo’ladi https://disk.yandex.ru/d/umZRpHznuEmNkA #ZiyoForum#StudyFair#InternationalSeminar#EducationAbroad#TOEFL#YoshlarMarkazi