@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #80594 · 20.02.2026 г., 11:54
#Chilonzor #MehnatYarmarkasi #Bandlik #IshO‘rinlari #Mahalla Chilonzorda “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti binosida Chilonzor tumanining 55 ta mahallalarida istiqomat qiluvchi ish izlayotgan fuqarolar uchun “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Mazkur yarmarkada 20 ta turli yo‘nalishda faoliyat yurituvchi tashkilot va korxonalar o‘zlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini taqdim qildi. Tadbirda mahallalardan tashrif buyurgan 100 nafardan ortiq ish izlovchilar ishtirok etib, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qildi. Yarmarka yakunlariga ko‘ra, 20 nafardan ortiq tumandoshlarimiz bilan ishga joylashish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Bunday tadbirlar aholi bandligini ta’minlash, ishsizlikni kamaytirish hamda fuqarolarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlashga xizmat qiladi. ⬅️⬅️⬅️Lavhamizda tadbir jarayonlari 🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi