@ozbek_kadin_haklari · Post #2595 · 30.06.2025 г., 07:51
#DoppiChallenge #OzbekistonAyollari #TurkiyadagiYoshlik #MadaniyatOrqaliBirdamlik #Istanbul2025 ✅DO‘PPI CHALLENGE 🇺🇿Madaniyatimiz bilan faxrlanamiz! 📢Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar, aziz opa-singillar! Yoz fasli — yangilanish, quvonch va ijodiy ilhom fasli. Shu munosabat bilan “O‘zbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish” jamiyati tomonidan Istanbulda istiqomat qilayotgan o‘zbek yoshlari ishtirokida “Do‘ppi Challenge” nomli o‘ziga xos videoloyiha amalga oshirilmoqda! 🎯Loyihaning asosiy maqsadi: ➡️ Dunyoning qayerida bo‘lishimizdan qat’iy nazar, bir el, bir yurak, bir kuch ekanligimizni namoyish etish. ➡️ Do‘ppimiz — milliy g‘ururimiz, o‘zbek tilimiz — ruhimiz, birdamligimiz — kuchimiz ekanini eslatish. ➡️ Istanbuldagi do‘stlarimiz bilan unutilmas ijodiy daqiqalarni birga baham ko‘rish. 📍Kimlar ishtirok etishi mumkin? ✔️ Istanbulda yashayotgan yoki hozirda shu yerda bo‘lgan o‘zbek yigit-qizlari ✔️ Turkiyaning boshqa shaharlaridan kelib ishtirok etmoqchi bo‘lgan yurtdoshlar ✔️ Hali O‘zbekistonga qaytmagan, bu yerdagi ijtimoiy-madaniy jarayonlarga befarq bo‘lmagan barcha yoshlar 📸Video umumiy g‘oya asosida, zamonaviy va chiroyli formatda suratga olinadi. 🗓️Asosiy tadbir sanasi: 👉05.07.2025, shanba kuni 📌Ishtirok etish uchun so‘nggi ro‘yxatdan o‘tish muddati: 👉03.07.2025, payshanba kuni, Jamiyatimiz ofisida 📩 İshtirok istagingizni izohlarda yoki shaxsiy xabarda iloji boricha tezroq yozib qoldiring. 0 555 147 1584 (faqat whatsapp) 0 506 850 9992 🤝 Aziz opa-singillar! Do‘ppimizni boshimizga, faxrimizni yuragimizga qo‘yib, bu yozni madaniyatimizni ulug‘lovchi ijodiy lahzalar bilan abadiylashtiraylik! ✨Sizning ishtirokingiz — bu O‘zbekiston xotin-qizlari ovozi, madaniyatining nafasi!🤩