@itladiesuzbekistan · Post #254 · 16.01.2026 г., 14:20
📌Audiochat yakuni va foydali xulosalar Bugun IT va raqamli texnologiyalar yo‘nalishida o‘tkazilgan audiochatimiz muvaffaqiyatli o'tdi. Mehmonimiz Dildoraxon ESHMURODOVA audiochat davomida administratorlikdan EPAM Systems’da Software Testing Engineer'гача real karyera yo‘li, duch kelgan qiyinchiliklar va imkoniyatlar bilan bo‘lishdi. Suhbat davomida berilgan savollar Epam'da ta'lim va stajirovka qilish imkoniyati, IT sohasida bilimni qayerda va qanday bepul o'rganish kerakligi haqida bo'ldi. 🎥Va'daga muvofiq chatning to‘liq video yozuvi va foydali ma'lumotlarni ushbu post orqali joylayapmiz. ✅EPAM Campus’нинг bugungi kundagi bepul ta’lim dasturlari; ✅Sun'iy intellekt, dasturlash va raqamlashtirish olamining boshqa sohalarida BEPUL onlayn ta'lim olish imkoniyati 👉 Agar audiochatda qatnasha olmagan bo‘lsangiz videoni albatta ko‘ring. Agar IT sohasiga kirishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz bu materiallar siz uchun juda foydali bo‘ladi. #ITLadiesUzbekistan#Audiochat#ITgaQadam