@navoiyuran_official · Post #26915 · 12.02.2026 г., 02:49
💠 “Yevropa – O‘zbekiston – OKMK hamkorlari” doirasida ayollar-liderlarining beshinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi 2026-yil 11-fevral kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida “Yevropa – O‘zbekiston – OKMK hamkorlari” doirasida ayollar-liderlarining beshinchi uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda vazirning birinchi o‘rinbosari F.Xamidova, KIW IPEX Bank GmbH kompaniyasi Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mintaqasi bo‘yicha direktori Y.Galistsina, Trafigura kompaniyasi treyderi M.Samoylova, Jebsen & Jessen Industrial Solutions GmbH mintaqaviy direktori Shtefani Mayer-Sidov, O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati Q.Ermatova, vazirlik tizimosti korxonalarining xodimlari ishtirok etishdi. Tadbirni vazirning birinchi o‘rinbosari kirish so‘zi bilan ochib berdi va uchrashuvning ahamiyati, muhokama qilinadigan mavzularning dolzarbligi haqida so‘z yuritdi. Shundan so‘ng tadbirning maxsus mehmoni Engineering Dobersek GmbH kompaniyasi ijrochi direktori N. Dobersek “Ayol-liderning xalqaro muhandislik va sanoat loyihalaridagi shaxsiy strategiyasi” mavzusida taqdimot qildi. “Ayol-liderning shaxsiy strategiyasi” panel sessiyasida mavzu yuzasidan bir qator keyslar muhokama etilib, ishtirokchilar o‘zaro shaxsiy tajriba almashdilar. Shuningdek, tadbirda vazir maslahatchisi Z.Axmedova “Til, qadriyatlar va yetakchilik: kommunikatsiyalar boshqaruv strategiyasining asosi” mavzusida, bo‘lim boshlig‘i N.Dulabova “Geologiyada liderlik: hududlar boshqaruvida ayol rahbarning professional yo‘li” mavzusida ma’ruza qilishdi. 🔹🔹🔹 💠 Состоялась пятая встреча женщин-лидеров в рамках партнерства «Европа – Узбекистан – АГМК» 11 февраля 2026 года в Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии прошла пятая встреча женщин-лидеров в рамках проекта «Европа – Узбекистан – АГМК». В мероприятии приняли участие первый заместитель министра Ф. Хамидова, региональный директор KfW IPEX-Bank GmbH Ю. Галицына, трейдер компании Trafigura М. Самойлова, региональный директор Jebsen & Jessen Industrial Solutions GmbH Штефани Майер-Сидов, депутат Законодательной палаты Республики Узбекистан К. Эрматова и сотрудники предприятий министерства. Встречу открыла первый заместитель министра, отметив важность и актуальность обсуждаемых тем. Специальный гость мероприятия, исполнительный директор Engineering Dobersek GmbH Н.Доберсек, представила презентацию на тему «Личная стратегия женщины-лидера в международных инженерных и промышленных проектах». На панельной сессии «Личная стратегия женщины-лидера» были обсуждены тематические кейсы, а участники обменялись личным опытом. Также с докладами выступили советник министра З. Ахмедова по теме «Язык, ценности и лидерство: коммуникация как основа управленческой стратегии» и начальник отдела Н. Дулабова по теме «Лидерство в геологии: профессиональный путь женщины-руководителя в управлении регионами». #kongeologiya#mingeo#tadbirlar#OKMK_hamkorlar#xalqaro_ayollar_hamjamiyati#OKMK#KfW_IPEX_Bank#Engineering_Dobersek_GmbH#Trafigura#JebsenJessenIndustrialSolutionsGmbH Sayt |Telegram|Facebook|Instagram|X|YouTube