@kiut_nm · Post #5021 · 06.10.2025 г., 08:49
🇰🇷🤝🇺🇿 Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga Janubiy Koreyaning nufuzli Jeonbuk National University rektori boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet rektori prof. Akmal Allakuliev kutib oldi. Uchrashuv davomida “2+2” qo‘shma ta’lim dasturi doirasida 50 ta grant o‘rni ajratilishi belgilandi. Shuningdek, tibbiyot yo‘nalishida malaka oshirish, ilmiy tadqiqotlar va akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Tashrif yakunida tomonlar o‘zaro anglashuv memorandumi (MOU) imzoladilar. #KIUT#JeonbukNationalUniversity#MOU#Korea#Education#Cooperation 🇷🇺🇬🇧: www.kiut.uz