@kafiluz · Post #1922 · 02.04.2026 г., 10:45
⚡️⚡️ 🏫Talabalar bandligi va moliyaviy savodxonlik: Qo‘qon universiteti Andijon filialida uchrashuv o‘tkazildi Ayni vaqtda Qo‘qon universiteti Andijon filialida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida talabalarni ish bilan ta’minlash va ularning sug‘urta sohasidagi bilimlarini oshirishga qaratilgan amaliy muloqot bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur uchrashuvda “Kafil-sug‘urta” AJ boshqaruv Raisi o‘rinbosari Djanturaev Umid Muhammadusupovich hamda kompaniyaning Andijon filiali boshlig‘i Umidjon Gofurov ishtirok etmoqdalar. Uchrashuvning asosiy maqsadi — oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish orqali talabalar orasidan malakali sug‘urta agentlarini shakllantirishdir. Mehmonlar talabalarga sug‘urta bozorining bugungi holati, 2004-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan “Kafil-sug‘urta” kompaniyasining imkoniyatlari hamda yoshlar uchun yaratilgan bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumot bermoqdalar. Ochiq muloqot davomida talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida daromad topish, sug‘urta shartnomalarini tuzish va ushbu sohada karyera qilish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olmoqdalar. Bu kabi tadbirlar yoshlarni mehnat bozoriga tayyorlash va ularning bandligini ta’minlashda muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi. #Andijon_yoshlar_day#KokandUniversity#AndijonFiliali 😎kuaf_edu | 😎kuaf_uz | 😎kuafuz 😎Kuaf Uz | 🌐kuaf.uz 🖊qabul.kuaf.uz |📱my.kuaf.uz