@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #80852 · 27.02.2026 г., 09:44
#QozirabodMFY #Ramazon2026 #EzguIshlar #MahallaHomiylari #SaxovatVaMuruvvat 🕌"Qozirabod" mahallasida Ramazon oyida ezgu ishlar davom etmoqda "Qozirabod" MFY hududida muborak Ramazon oyi munosabati bilan xayrli va savobli ishlar mahalla homiylari tomonidan izchil davom ettirilmoqda. Jumladan, ehtiyojmand oilalarning ta’mirtalab uy-joylarini qayta ta’mirlab berish ishlari olib borilmoqda. Bunday ezgu tashabbuslar fuqarolarimiz o‘rtasida mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Xayriya va bunyodkorlik ishlari Ramazon oyining oxiriga qadar davom etadi. 🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi