@termiztumanhokimligi · Post #37897 · 05.04.2026 г., 05:36
📌Mavsum-2026: Termiz tumanida chigit ekish ishlari jadal davom etmoqda Termiz tumanida paxta hosili uchun chigit ekish ishlari yuqori sur’atlarda olib borilmoqda. Ayni paytda barcha hududlarda mavsumning hal qiluvchi — yakuniy bosqichi amalga oshirilmoqda. Bunda fermer xo‘jaliklari tomonidan belgilangan rejalar ijrosi ta’minlash, agrotexnik talablarga qat’iy amal qilish hamda har bir maydonda sifatli ekishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Tuman hokimi Shuxrat Qalandarov hududlarda dala ishlari bilan tanishdi. O‘rganishlar davomida sohadagi ishlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Jarayonga texnika va zarur resurslar uzluksiz ravishda jalb etilib, ishlar izchil davom ettirilmoqda. Yaratilgan sharoitlar va tizimli yondashuv kelgusida mo‘l hosil uchun mustahkam zamin yaratadi. #Termiztumani#Mavsum2026#Chigitekish#Qishloqxojaligi Veb sayt | Telegram | Facebook| Instagram | YouTube | X