@IHMA_matbuotkotibi · Post #913 · 23.02.2026 г., 03:41
#Ijtimoiy_rolik #RamazonNuri Ramazon – mehr-oqibat va saxovat oyi Muborak Ramazon oyida insoniylik, hamjihatlik va ezgulik qadri yanada yuksaladi. 🧠 Mazkur ijtimoiy rolik Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan “Ramazon nuri” PR-kampaniyasi doirasida tayyorlangan bo‘lib, unda jamiyatimizdagi mehr-muruvvat, e’tibor va g‘amxo‘rlik qadriyatlari aks ettirilgan. 💚 Ramazon – nafaqat ro‘za tutish, balki bir-birimizni qo‘llab-quvvatlash, yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish va qalblarga quvonch ulashish oyidir. 💚 “Ramazon nuri” kampaniyasining asosiy maqsadi — jamiyatda mehr va ijtimoiy birdamlik muhitini mustahkamlash, insoniy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish va ezgu amallarni ilhomlantirishdir. 💚 Keling, bu oyda yaxshilik qilishga shoshilaylik, mehr ulashaylik va jamiyatimizda ezgulikni ko‘paytiraylik. #Ramazon#MehrVaMuruvvat#IjtimoiyHimoya#EzguAmallar#RamazonNuri