@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #83085 · 10.04.2026 г., 11:24
#Chilonzor#YoshlarKuni #MeningLoyiham#Innovatsiya #Startap#YoshlarKelajagimiz Chilonzorda yosh innovatorlar taqdirlandi: 5 ta eng yaxshi loyihaga 100 million so‘m yo‘naltirildi! Xabar berganimizdek, kuni kecha Chilonzor tumanida Yoshlar kuni chinakam bayramga aylandi. Tadbirlar doirasida tuman hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev tashabbusi bilan e’lon qilingan “Mening loyiham” tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ushbu tanlovga 50 dan ortiq arizalar kelib tushdi. Hakamlar hay’ati tomonidan eng dolzarb va istiqbolli deb topilgan 5 ta loyiha g‘olib deb e’lon qilindi. G‘oliblar qaysi yo‘nalishlarda zafar quchdi? * Sun’iy intellekt texnologiyalari; * Suvni tozalashning zamonaviy moslamalari va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega loyihalar. Tuman hokimligi tomonidan har bir g‘olibga o‘z loyihasini rivojlantirishi uchun 20 million so‘mdan, jami 100 million so‘m miqdoridagi pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi. Davlatimiz rahbarining yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ko‘rsatmalari Chilonzor tumanida amaliy natijalar bilan bo‘y ko‘rsatmoqda. 👉👉👉 Lavhamizda jarayonlar 🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi