@newuzbekistanuniversity · Post #3266 · 27.11.2024 г., 06:20
Universitetimizda Mexatronika laboratoriyasining ochilish marosimi oʻtkazildi 🎉 “Yangi Oʻzbekiston” universitetida Germaniyaning Rheinmetall AG kompaniyasi bilan hamkorlikda Mexatronika laboratoriyasi tashkil etildi. ✅ Ma'lumot uchun, bundan bir yil avval Rheinmetall AG bilan ushbu laboratoriyani grant mablag‘lari evaziga tashkil etishga kelishib olingan edi. 🚙 Laboratoriya avtomobilsozlik sohasida eng zamonaviy va tutunida CO2 darajasi past avtomobil motori ehtiyot qismlari bilan ta'minlangan. ⚙️ Bu yerda talabalar mashinasozlikning ilgʻor texnologik taraqqiyoti bilan tanishib, uni yanada rivojlantirish ustida ishlashlari mumkin. 🌲 Shuningdek, universitet bogʻida kompaniya vakillari bilan daraxt ekish tadbiri oʻtkazildi. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #Rheinmetall#mexanika ⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Hashtags