Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩
Больше двоек в дататайме вы не застанете!
Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам)))
🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз!
⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд!
#offtop
#milliylik
✨ “Xon atlas” oyligi: sport, madaniyat va ma’rifat uyg‘unligi
“Uzbekistan GTL” MCHJда “Xon atlas” oyligi doirasida xotin-qizlar o‘rtasida спорт ва маънавий-ма’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
🏃♀️ Dastur doirasida marafon, milliy liboslar namoyishi, raqs va badiiy chiqishlar, shuningdek, intellektual bellashuvlar o‘tkazildi.
⚡️Milliy liboslarda namoyish etilgan obrazlar, xalq raqslari va kuy-qo‘shiqlar tadbirga bayramona ruh bag‘ishladi.
📚 Intellektual musobaqalarda ishtirokchilar tarix, madaniyat va zamonaviy bilimlar bo‘yicha bellashib, jamoaviy hamkorlik hamda tezkor fikrlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
🏅 Eng faol qatnashchilar va g‘oliblar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
👇Bizni kuzating:
🌐web-sayt | 📷instagram | 👉telegram | ▶️youtube | 💬facebook
#milliylik
🇺🇿 Milliy liboslarimiz nafaqat millatimiz ko‘rki, balki ma’naviy mafkuramiz va dunyo tamaddunida tutgan o‘rnimizni ham namoyon etadi.
🌍Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namanganfilialida milliylikni keng targ'ib qilish maqsadida milliy liboslar kuni davom etmoqda.
✅BE SMART! BE SKILLED! BE PROFESSIONAL!
Bizni kuzating👇
🌐Website I ✅Telegram I 🌐Instagram I 📹Youtube I
#milliylik
Milliy libos – xalqning ruhiy olami, estetik qarashlari va tarixiy merosining beqiyos ifodasidir.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namangan filialida “Milliy liboslar” kuni davom etmoqda.
✅BE SMART! BE SKILLED! BE PROFESSIONAL!
Bizni kuzating👇
🌐Website I ✅Telegram I 🌐Instagram I 📹Youtube I
#Milliylik
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namangan filialida tashkil etilib kelinayotgan "Milliy liboslar kuni" o‘zbek urf-odatlarimizni keng targ‘ib qilish va talabalarning ma’naviy saviyasini yuksaltirish, milliy qadriyatlarimizni e’zozlash va ular bilan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otish yo‘lida yana bir muhim qadamlardan biri bo‘lmoqda.
Bizni kuzating👇
🌐Website I ✅Telegram I 🌐Instagram I 📹Youtube I
#milliylik
#ozbekmadaniyati
✨Aziz opa-singillar, qadrli onajonlar!
🎈23-aprel — Milliy suverenitet va bolalar bayrami munosabati bilan Turkiyada tug‘ilib o‘sayotgan va bu yerda istiqomat qilayotgan barcha bolajonlarimizniO‘zbek xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tashkil etilayotgan “Bolajonlar nigohida O‘zbekiston” festivaliga lutfan taklif etamiz!
🌟 Ushbu tadbir nafaqat dam olish, balki farzandlarimizga turkiy xalqlar madaniyati, birdamligi va ahilligini ko‘rsatish uchun ajoyib imkoniyatdir.
🧸Festival doirasida, xorijda ulg‘ayayotgan bolajonlarimiz qalbiga milliylikni singdirish va ajdodlarimizdan meros qadriyatlarni saqlab qolish maqsadida, Turkiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizning 14 yoshgacha bo‘lgan farzandlarini o‘z ijodiy salohiyatlarini namoyon etishga chorlaymiz!
Bolajonlarimiz quyidagi yo‘nalishlarda faol ishtirok etishlari mumkin:
🎨Rasm chizish — erkin mavzu va milliy motivlar uyg‘unligi;
✅Milliy raqs ijrosi — o‘zbek xalq raqslarining jozibasi;
👗Milliy liboslar namoyishi — atlas, adras va boshqa an’anaviy liboslarimiz jilosi.
🌟Keling, farzandlarimizning iqtidorini birgalikda kashf etaylik!
📈 Tadbir so‘nggida barcha ishtirokchi bolajonlarimiz maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanadi.
👼 Iste’dodli farzandlarining qobiliyatlarini namoyish etishni istagan ota-onalar qisqa vaqt ichida quyidagi raqamlar orqali ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi:
📞 +90 501 196 13 10
+90 212 823 15 84
🌸 Tadbir vaqti: 23-aprel, soat 12:00 dan 18:00 gacha
🎉 Tadbirda qatnashish — BEPUL!
👨👩👧👦Barcha ota-onalarni ushbu xayrli tashabbusda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!
📍Manzil: ATATÜRK HAVALİMANI, MİLLET BAHÇESİ, İSTANBUL
📢Barchangizni 23-aprelda kutib qolamiz!
#Milliylik
#Yangiqo‘rg‘on_yoshlari
Milliy kiyim – bu nafaqat libos, balki xalqning tarixi, madaniyati va ruhiyati aks etgan bebaho merosdir.
O‘zbek milliy kiyimlari asrlar davomida shakllanib, har bir hududning o‘ziga xos iqlimi, turmush tarzi va estetik qarashlarini o‘zida mujassam etgan.
Davlatimiz rahbari ham yoshlarni milliy o‘zlikni anglashga, qadriyatlarimizni asrab-avaylashga alohida e’tibor qaratib, shunday degan edi:
“Yoshlarimiz o‘z tarixini, madaniyatini chuqur bilib, milliy qadriyatlarimizga sodiq bo‘lib ulg‘ayishi zarur.”
Shu bois, milliy kiyimni kiyish – bu shunchaki moda emas, balki ajdodlarimizga hurmat, o‘zligimizga sadoqat va kelajak avlodga ibratdir.
✨Aziz yoshlar!
Milliy kiyimni faxr bilan kiying, uni asrang va targ‘ib qiling!
Zero, milliylikni qadrlagan xalq – har doim yuksak bo‘ladi!
🇺🇿https://t.me/Yan_Yosh_Ag
#Milliylik
#milliyliboslar
#yangiruhiyat
Milliylik — bu xalqning o‘ziga xos qadriyatlari, urf-odatlari va ma’naviy merosini asrab-avaylab, uni kelajak avlodlarga yetkazish demakdir.
🎥Ushbu videorolik Urganch davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati huzuridagi “Talabalar media-studiyasi” a’zosi Jahon Mamatov tomonidan tayyorlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
| Telegram | Facebook | Youtube|Instagram
#milliylik
#miliy_kun
📚Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namangan filiali talabalari Adiblar xiyobonida
📍Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namangan filiali Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari Adiblar xiyoboniga tashrif buyurib, o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalari hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishdilar.
Bunday tashriflar talabalar dunyoqarashini kengaytirish, milliy adabiyotimizga, tariximizga va ma’naviy merosimizga bo‘lgan hurmat va e’tiqodini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizni kuzating👇
🌐Website I ✅Telegram I 🌐Instagram I 📹Youtube I