@uztmk_official · Post #3181 · 26.10.2025 г., 09:12
#TMK#UIMF2025 #MiningMetalsUzbekistan2025 #ITECA ⚡️TMK poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz”da o‘tkaziladigan konchilik va metallurgiya sanoatining eng yirik tadbirlarida ishtirok etadi: ➡️28–29-oktabr – UIMF 2025 forumi ➡️28–30-oktabr – Mining Metals Uzbekistan 2025 ko‘rgazmasi 🔥 Bu ikki yirik platforma Markaziy Osiyo tog‘-kon sanoatining strategik markazi bo‘lib, 🏆 TMK bu yil tadbirning oltin homiysi sifatida O‘zbekistonning texnologik salohiyatini global miqyosda namoyon etadi. 🌎 TMK global auditoriyaga “Kelajak metallari” konsepsiyasi doirasida O‘zbekistonning istiqbolli loyihalarini taqdim etadi: Asosiy yo‘nalishlar: ✔️ “Mine–Metal–Market” tamoyiliga asoslangan integratsiyalashgan qiymat zanjiri; ✔️Qazib olishdan tortib yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotgacha bo‘lgan to‘liq ekotizim; ✔️ ESG va “Green Mining” asosida barqaror ishlab chiqarish yondashuvi; ✔️ Xalqaro ilmiy markazlar va texnologik transfer platformalarini rivojlantirish tashabbuslari. 💬TMK ushbu tadbirlarda nafaqat O‘zbekistonning resurs salohiyatini, balki global konchilik sanoati uchun ishonchli, ekologik va innovatsion yechimlarni taklif etadi. 📍#2-pavilon, D-150 stend Sanoat, texnologiya va investitsiyalar chorrahasida Sizni TMK kutmoqda! ⚡️TMK bilan barqaror va texnologik kelajakni birga quvvatlang! 🫥🫥🫥 📎На русском языке 📎In English 🫥🫥🫥 ✅TMK matbuot xizmati 🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegram