@dkattakhanova · Post #4151 · 18.04.2025 г., 13:31
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan yana bir ajoyib tashabbus! “Muhandislik oyligi” doirasida o‘tkazilgan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali yurtimizda muhandislik, robototexnika, art injiniring kabi yo‘nalishlarga yoshlarning qiziqishi qanchalik yuqori ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. 5 mingdan ortiq iste’dodli bolalar va yoshlar o‘zlarining noyob ishlanmalari, innovatsion g‘oyalari va chaqnab turgan ko‘zlari bilan barchamizni ilhomlantirdi. Kelajagimiz – ilm-fan va texnologiyalarga qiziquvchi, yangilik yaratuvchi yoshlarning qo‘lida! Bu kabi loyihalar yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga keng imkoniyatlar yaratishda juda muhim. Tashkilotchilarga va ishtirokchilarga katta rahmat! #KelajakMuhandislari#MuhandislikOyligi#Innovatsiyalar#yoshlar