TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Python Заметки

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Најди сличен содржај

Изворен канал @pythonotes · Post #310 · 22 фев.

Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩 Больше двоек в дататайме вы не застанете! Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам))) 🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз! ⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд! #offtop

Hashtags

Резултати

Пронајдени 63 слични објави

Пребарај: #murojaatnoma

当前筛选 #murojaatnoma清除筛选
FVMMTB - Rasmiy kanali

@farvmmtb · Post #29478 · 05.01.2026 г., 12:30

#Murojaatnoma 💎Farg‘ona viloyati maktablarida Murojaatnoma bo‘yicha seminarlar o‘tkazildi 📍Bugun viloyatimizdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminarlar bo‘lib o‘tdi. 🌐Seminarlar davomida Murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor vazifalar, ta’lim sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan islohotlar, shuningdek, pedagoglar oldida turgan dolzarb vazifalar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi. ⬇️Mazkur tadbirlar ta’lim tizimi xodimlarining siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, belgilangan vazifalarni amaliyotga samarali tatbiq etishga qaratildi. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

FVMMTB - Rasmiy kanali

@farvmmtb · Post #29390 · 27.12.2025 г., 06:18

#Murojaatnoma Kecha mamlakatimizda muhim siyosiy voqelik – Oʻzbekiston Prezidentining Oliy Majlis va Xalqimizga Murojaatnomasi boʻlib oʻtdi. Davlatimiz rahbari oʻz nutqida ta’lim sohasiga alohida urgʻu berganliklari barchamizni quvontirdi. Murojaatnomadagi ta’limga oid raqam, yutuqlar va kelgusidagi vazifalarni eslatib oʻtsam: – O‘quvchi va talabalarimiz joriy yilda xalqaro fan olimpiadalarida 51 ta oltin, 101 ta kumush, 126 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, o‘z bilim va salohiyatini butun dunyoga namoyish qildi. – 2026-yilda yurtimizda ilk bor maktab o‘quvchilari o‘rtasida nufuzli xalqaro kimyo va informatika olimpiadalari, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar talabalari o‘rtasida muhandislik yo‘nalishlarida, Turkiy davlatlar texnikum o‘quvchilari o‘rtasida kasb yo‘nalishlarida xalqaro olimpiada o‘tkaziladi. – Maktab kutubxonalari har yili 10 million dona badiiy adabiyotlar bilan ta’minlab boriladi. – Kelgusi yilda Toshkent shahri, Buxoro, Farg‘ona va Toshkent viloyatida 4 ta data-markaz, 2 ta super kompyuter va 15 ta oliygohda sun’iy intellekt laboratoriyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. – 2026-yildan boshlab har yili kamida 100 tadan texnikum to‘liq ta’mirlanib, texnologik va talab yuqori bo‘lgan kasblarga mos holda jihozlab boriladi. – Germaniya, Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Koreya kabi davlatlarning ilg‘or ta’lim dasturlari joriy qilingan texnikumlar soni 100 taga yetkaziladi. – 2026-yilda 7 ta viloyatda, 2027-yilda esa qolgan hududlarda Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va “Kasblar shaharchasi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. – Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari hududdagi boshqa texnikumlar uchun metodik va amaliyot bazasi sifatida faoliyat yuritsa, “Kasblar shaharchasi” maktab o‘quvchilarini qurilish, servis, qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport, “yashil” energetika kabi sohalardagi zamonaviy kasblarga yo‘naltirishga xizmat qiladi. – “Dual ta’lim” asosida o‘qitishni samarali tashkil qilgan korxonalarga 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi. Tadbirkorlik reytingida qo‘shimcha 5 ball beriladi. Korxonalar ishga olgan texnikum o‘quvchisi uchun 1 foizli ijtimoiy soliq imtiyozi yana uch yilga uzaytiriladi. – 2026-yildan boshlab texnikumlarda “dual ta’lim” asosida ta’lim olayotgan 100 ming o‘quvchiga ilk bor stipendiya to‘lanadi. “A’lo” baholarga o‘qiyotgan, tanlagan kasbini puxta egallayotgan o‘quvchilarga esa oshirilgan miqdordagi stipendiyalar beriladi. – Jizzax politexnika institutini Vengriyaning nufuzli “Obuda” universiteti boshqaruviga berishga qaror qilindi. O‘zbekistonda “Sukuba” milliy universiteti bilan hamkorlikda aniq fanlar bo‘yicha yangi oliygoh tashkil qilish haqida kelishib olindi. Bu tajriba davom ettirilib, aniq fanlar va texnika yo‘nalishidagi oliygohlarimizga dunyoning eng nufuzli universitetlari jalb qilinadi. – Yana bir masala – mehnat bozoriga yiliga 300 ming oliy ma’lumotli kadrlar kirib kelmoqda. Endi oliygoh bitiruvchilari va ish beruvchilar o‘rtasida “ko‘prik” bo‘lib xizmat qiladigan raqamli ekotizim yaratiladi. Unda talabalarning akademik ko‘rsatkichlari va korxonalardagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar “onlayn” tarzda ko‘rinib turadi. Ushbu ekotizim bitiruvchi kurs talabalari uchun o‘ziga mos ish topish, korxonalarga esa malakali kadrlarni jalb qilish imkonini beradi. “Mening niyatim – yoshlarimiz talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha dunyoda raqobatdosh bo‘lsin, kerak bo‘lsa, boshqalardan bir pog‘ona ustun tursin. Ushbu maqsadga erishish yo‘lida kasbiy ta’limning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan texnikumlarni yangi sifat bosqichiga olib chiqamiz”, – dedi Prezidentimiz. @hilola_umarova

"NAVOIYURAN" DK

@navoiyuran_official · Post #26446 · 06.01.2026 г., 08:55

👍 👍 👍 👍 👍 #Murojaatnoma Murojaatnoma mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi ➡️ Ma’lumki, 2025-yil 26-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga navbatdagi Murojaatnomasini yo'lladi. 🟢Ushbu Murojaatnomada mamlakatimiz hayotining barcha sohalarini izchil rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, sanoat va ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga qaratilgan qator muhim tashabbuslar ilgari surildi hamda kelgusi yillar uchun ustuvor vazifa va maqsadlar belgilab berildi. 🟢Shu munosabat bilan “Navoiyuran” davlat korxonasida Prezident Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, uning mazmun-mohiyatini mehnat jamoasiga keng tushuntirish va amaliy chora-tadbirlarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishga korxona bosh muhandisi Anvarjon Saparov rahbarlik qildi. 🟢Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi Ilyos Jumayev, korxona rahbariyati, muhandis-texnik xodimlar hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida Murojaatnomada qayd etilgan ustuvor yo‘nalishlar, xususan, sanoatni modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mehnat intizomi va huquqiy madaniyatni mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. 🟢Murojaatnomaning mazmun-mohiyatini chuqurroq ochib berish, unda belgilangan vazifalarning huquqiy asoslari va amaliy ahamiyatini tushuntirish maqsadida Navoiy yuridik texnikumi direktori Dilshod Murtazoyev taklif etildi. U o‘z ma’ruzasida Prezident Murojaatnomasida ilgari surilgan tashabbuslar har bir tashkilot va mehnat jamoasi oldiga aniq vazifalar qo‘yayotganini, ularni izchil va mas’uliyat bilan amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. 🟢Yig‘ilish yakunida Murojaatnomada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli taklif va vazifalar belgilab olindi hamda ushbu yo‘nalishda tizimli ishlarni olib borish zarurligi qayd etildi. 😊 "Navoiyuran" DK PR xizmati 📱Web-site |📱telegram|📱youtube|📱instagram|📱facebook

"NAVOIYURAN" DK

@navoiyuran_official · Post #26424 · 04.01.2026 г., 05:27

#Murojaatnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasidan iqtibos 📱Web-site |📱telegram|📱youtube|📱instagram|📱facebook

"NAVOIYURAN" DK

@navoiyuran_official · Post #26420 · 03.01.2026 г., 09:25

#Murojaatnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasidan iqtibos 📱Web-site |📱telegram|📱youtube|📱instagram|📱facebook

Navoiy viloyat Kengashi

@navoiyekopartiya · Post #19450 · 26.12.2025 г., 06:47

#Murojaatnoma Prezidentimiz 2026-yilni yurtimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”, deb e’lon qilishni taklif qildi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Моҳира Ходжаева

@deputat_m_xodjaeva · Post #15477 · 29.12.2025 г., 16:38

#Murojaatnoma 🏢O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab olindi 2025-yilning 29-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan strategik yo‘nalishlardan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar muhokama qilindi. 🔴BATAFSIL 🏢Veb-sayt | 📱Telegram | 📱Facebook|📱YouTube | 📱Instagram|📱X | 🔄ParlamentTV_RADIO | ◽Yoshlar parlamenti

Моҳира Ходжаева

@deputat_m_xodjaeva · Post #15444 · 26.12.2025 г., 14:02

#murojaatnoma Texnikum va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik ham yangi bosqichga olib chiqiladi. Xususan, “dual ta’lim” asosida o‘qitishni samarali tashkil qilgan korxonalarga 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi. Tadbirkorlik reytingida qo‘shimcha 5 ball beriladi. Korxonalar ishga olgan texnikum o‘quvchisi uchun 1 foizli ijtimoiy soliq imtiyozi yana uch yilga uzaytiriladi. Shuningdek, 2026-yildan boshlab texnikumlarda “dual ta’lim” asosida ta’lim olayotgan 100 ming o‘quvchiga ilk bor stipendiya to‘lanadi. “A’lo” baholarga o‘qiyotgan, tanlagan kasbini puxta egallayotgan o‘quvchilarga esa oshirilgan miqdordagi stipendiyalar beriladi. 🏢Veb-sayt | 📱Telegram | 📱Facebook|📱YouTube | 📱Instagram|📱X | 🔄ParlamentTV_RADIO | ◽Yoshlar parlamenti

Моҳира Ходжаева

@deputat_m_xodjaeva · Post #15443 · 26.12.2025 г., 14:02

#murojaatnoma Birlashgan Millatlar Tashkiloti tahliliga ko‘ra, sifatli yo‘llar iqtisodiyotimizning kamida 2 foiz o‘sishiga turtki beradi. Avtomobil yo‘llarining sifatini yaxshilash, tranzit salohiyatini yanada oshirish maqsadida besh yillik dastur amalga oshiriladi. Bunda Andijon bilan Qo‘ng‘irotni, Toshkent bilan Termizni, Samarqand bilan Shahrisabzni, Olot bilan Sariosiyoni bog‘laydigan, uzunligi 4 ming kilometr magistral yo‘llar xalqaro talablarga mos “avtoban”larga aylantiriladi. 2026-yilning o‘zida Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo hududidan o‘tgan umumiy foydalanishdagi 300 kilometr yo‘llarda rekonstruksiya ishlari yakunlanadi. Toshkent – Samarqand, Toshkent – Andijon, Toshkent – Bo‘stonliq, Pung‘on – Namangan va Qarshi – Shahrisabz yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan 800 kilometr yo‘llar qurilishi boshlanadi. Endi yo‘llarni loyihalashtirishda aholining fikri, transport qatnovining atrof-muhitga ta’sirini inobatga olish, piyodalar uchun “to‘siqsiz” muhit yaratish bo‘yicha qat’iy talablar qonun darajasida mustahkamlanadi. 🏢Veb-sayt | 📱Telegram | 📱Facebook|📱YouTube | 📱Instagram|📱X | 🔄ParlamentTV_RADIO | ◽Yoshlar parlamenti

Моҳира Ходжаева

@deputat_m_xodjaeva · Post #15442 · 26.12.2025 г., 14:01

#murojaatnoma Davlatimiz rahbari kapital bozorni iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradigan muhim institutsional ustun sifatida belgilab, global depozitariylarni milliy fond bozorimizga olib kirish kerakligini qayd etdi. Buning uchun xalqaro moliya tashkilotlari bilan ishlab chiqilgan “Kapital bozori to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasini tez fursatda qabul qilish lozimligi ta’kidlandi. Kurs tebranishi bo‘yicha xatarlarni kamaytirish uchun mahalliy kompaniyalarga ichki bozorda ham xorijiy valyutada obligatsiya chiqarishga ruxsat beriladi. Kelgusi yili korxonalarimiz ilk bor xalqaro bozorlarda ham aksiyalarini joylashtirishi mumkin bo‘ladi. Umuman, kapital bozorni rivojlantirish orqali tadbirkorlarga qo‘shimcha 1 milliard dollar jalb qilish imkoniyati yaratiladi.

123•••56
ПретходнаСтраница 1 од 6Следна