TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Python Заметки

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Најди сличен содржај

Изворен канал @pythonotes · Post #310 · 22 фев.

Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩 Больше двоек в дататайме вы не застанете! Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам))) 🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз! ⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд! #offtop

Hashtags

Резултати

Пронајдени 20 слични објави

Пребарај: #navoiy585

当前筛选 #navoiy585清除筛选
Yoshlar TV | Rasmiy kanal

@yoshlar_tv · Post #17514 · 03.02.2026 г., 12:11

✨ Buyuk bobomiz — Alisher Navoiyga bag‘ishlab! ✨ ✏️Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan Kontent markazi tomonidan kreativ qisqa videoroliklar tanlovi e’lon qilinadi. 🤩 👉 Tanlovda har kim ishtirok etishi mumkin. Bu — iste’dodingizni ko‘rsatish uchun ajoyib imkoniyati! 🚀 🗓 Qabul muddati: 9-fevral, soat 23:59 gacha 📲 Tayyor videoni o‘z Instagram sahifangizga #Navoiy585 xeshtegi bilan joylang. 📌 Talablar: - video ijodiy va yangicha yondashuvda bo‘lishi; - mazmunli, syujetli va puxta o‘ylangan ssenariy asosida ishlanishi; - 9:16 vertikal format; - yuqori sifatli video va professional montaj shart. ❌ Bachkana va mazmunsiz videolar, faqat rasmlardan iborat slayd-shoular hamda mualliflik huquqi buzilgan ishlar qabul qilinmaydi! 🏆 G‘oliblar uchun so'vrinlar quyidagicha: 🥇 1-o‘rin — iPhone 17 📱 🥈 2-o‘rin — DJI Mic 3 🎤 🥉 3-o‘rin — DJI Mic Mini 🎙 ⏳ Vaqt kam, imkoniyat esa katta! Ijodingizni namoyon eting, ilhom oling va bu noyob imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 🔥🎨

Hashtags

©Husniddin Isakov

@isakovxusniddin · Post #8405 · 09.02.2026 г., 14:26

Navoiy hozir qaytsa... senga nima degan bo‘lardi? 🖌Ko‘pchilik uni faqat darslikdagi siymo deb biladi. Adashasiz. U o‘z davrining eng kuchli strategisti, iqtisodchisi va “Media-magnati” edi. U “Xamsa”ni yozishda ChatGPT’dan foydalanmagan, lekin uning tafakkur algoritmi bugungi sun’iy intellektdan kuchliroq ishlagan. Bugun biz foydalanayotgan imtiyozlar, grantlar va texnologiyalar uning olti asr avvalgi orzusi edi! #Navoiy585 @isakovxusniddin

Hashtags

XORAZMIYLAR

@xorazmiylar_kanali · Post #6281 · 09.02.2026 г., 06:01

#Navoiy585 Bugun katta ma’naviy bayram, adabiyot tantanasi! Buyuk mutafakkir, davlat arbobi, ulug‘ shoir Alisher Navoiy tavallud topgan kun! Navoiysi bor millat ma’nan qudratli, ruhan yetuk bo‘lmog‘i shart! Zero, butun dunyo bizga Alisher Navoiy avlodlari sifatida yuksak ehtirom, cheksiz hurmat bilan qaraydi. Shu bois shoir aytgandek, Navoiy bizni hamma narsamiz! Zero, mana 585 yildirki, buyuk mutafakkir hazrat Navoiy hali hanuz yo‘lchi yulduzdek umuminsoniy fazilatlar, axloq, komil shaxs haqidagi ezgu g‘oyalari bilan bizga yo‘l ko‘rsatib kelmoqda. Mazkur videoda ham biz hech bo‘lmasa, dengizdan bir tomchidek Alisher Navoiy haqida bilishimiz zarur bo‘lgan eng sodda dalilllar keltirildi. Umid qilamizki, Alisher Navoiyning o‘lmas ma’naviy merosi, adabiy xazinasi asrlar davomida avlodlar qalbida mangu yashaydi! @otabek_khasanov

Hashtags

Til va adabiyot ta’limi

@TAT_jurnal · Post #2371 · 09.02.2026 г., 11:32

#Navoiy585 🎉"Til va adabiyot ta'limi" tahririyati Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan test savollari tayyorlandi. Mukofotga "Xamsa" dostonlari va "Boburnoma" qo‘yilgan. 🔥Bir hafta davomida ikki buyuk dahoning ijodiy merosi, she’riyatining o‘ziga xosligi va ma’naviy qarashlari to‘g‘risidagi o‘z bilimlaringizni sinab ko‘ring hamda bebaho sovg’alardan biriga ega bo‘ling. ✅Test savollari "Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur"ga bag'ishlangan yopiq kanal asosida tuzildi. ⚠️Demak, izohda bugungi testlar javobini kim birinchi va to‘g‘ri yozsa, "Xamsa"ning birinchi dostoni – "Hayrat ul-abror" kitobini qo‘lga kiritadi. Bizni kuzatishda davom eting! 🌐Sayt ✈️Telegram ✅Murojaat ♾Muhokama 🌐Instagram

Hashtags

Sirojiddin Toxirjonov

@sirojiddintaxirjonov · Post #929 · 09.02.2026 г., 13:31

Navoiy hozir qaytsa... senga nima degan bo‘lardi? 🖌Ko‘pchilik uni faqat darslikdagi siymo deb biladi. Adashasiz. U o‘z davrining eng kuchli strategisti, iqtisodchisi va “Media-magnati” edi. U “Xamsa”ni yozishda ChatGPT’dan foydalanmagan, lekin uning tafakkur algoritmi bugungi sun’iy intellektdan kuchliroq ishlagan. Bugun biz foydalanayotgan imtiyozlar, grantlar va texnologiyalar uning olti asr avvalgi orzusi edi! #Navoiy585 🕊Telegram📱Instagram📺YouTube🔹Linkedin🌍Veb sayt

Hashtags

XORAZMIYLAR

@xorazmiylar_kanali · Post #6294 · 10.02.2026 г., 10:14

#Navoiy585 #yangiruhiyat Millat qudrati — uning tili, tafakkuri va ma’naviy ustunligidadir! Buyuk mutafakkir, shoir Alisher Navoiy va Sulton Husayn Boyqaro orasida kamtarona hurmat va ehtirom bizga ibratdir! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! | Telegram | Facebook | Youtube|Instagram|

Til va adabiyot ta’limi

@TAT_jurnal · Post #2387 · 13.02.2026 г., 09:04

#Navoiy585 #tanlov "Xamsa"ning to‘rtinchi dostoni – "Sab'ai sayyor" o‘z egasini topdi. 📣"Til va adabiyot ta'limi" tahririyati Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag'ishlab hafta davomida test savollari va topshiriqlarni berib boryapti. ✅Kechagi berilgan testlarning to'rtttasini Marhaboxon Mansurova, Usmonova, Zarif Quvonov, Ruxshona Ergasheva va Dilorom Faxriddinovnalar to‘g‘ri topishgan. Birinchi bo‘lib javob yo‘llagani uchun shartli ravishda Marhaboxon Mansurova g‘olib deb e'lon qilinadi. 🎉G'olibimizni mukofot bilan qutlaymiz! Bizni kuzatishda davom eting. Navbatdagi test savollari 17:00da kanalga joylanadi. 🌐Sayt ✈️Telegram ✅Murojaat ♾Muhokama 🌐Instagram

Til va adabiyot ta’limi

@TAT_jurnal · Post #2382 · 12.02.2026 г., 12:05

#Navoiy585 #tanlov ✨Haftalikning 4-kun savollari: ‼️Javoblar to‘liq holda izohda qabul qilinadi (A, B, D, E emas). 1.Xorijda boburshunoslik Varson tomonidan “Boburnoma”ning golland tiliga tarjimasi bilan boshlangani e’tirof etiladi. Bu qaysi yilga to‘g‘ri keladi? A. 1650 B. 1705 D. 1750 E. 1805 2. Parvona ishq etmasa mast, Urg‘aymu o‘zini o‘tqa payvast? Mazkur bayt qaysi asardan olingan? A. “Farhod va Shirin” B. “Layli va Majnun” D. “Boburnoma” E. “Sab’ayi sayyor” 3. Alisher Navoiy orifona g‘azallarida dunyoni yo‘lovchilar qisqa muddat to‘xtab o‘tadigan manzilga qiyoslab, uni qanday atama bilan ifodalaydi? A. Karvon B. Oromgoh D. Rabot E. Maskan 4. Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarida shoirlarni ma’rifat darajalariga ko‘ra tasniflar ekan, ma’rifat ahliga peshvo sifatida qaysi zotni tilga oladi? A. Fariduddin Attor B. Jaloliddin Rumiy D. Sa’diy Sheroziy E. Amir ul-mo‘minin Hazrat Ali 5. Eshitmay xalq pandin, tufrakim pand elga ham dersan, Qila olsang, eshitgil pand, sen kim, elga bermak pand? Ushbu baytda qaysi badiiy san’at qo‘llangan? A. Tajnis B. Shibhi ishtiqoq D. Istiora E.Tashbeh ✅Test savollari "Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur"ga bag'ishlangan yopiq kanal asosida tuzildi. 🌐Sayt ✈️Telegram ✅Murojaat ♾Muhokama 🌐Instagram

Til va adabiyot ta’limi

@TAT_jurnal · Post #2381 · 12.02.2026 г., 09:57

#Navoiy585 #tanlov "Xamsa"ning uchinchi dostoni – "Layli va Majnun"ning g‘olibi ma'lum bo‘ldi. 📣"Til va adabiyot ta'limi" tahririyati Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag'ishlab hafta davomida test savollari va topshiriqlarni berib boryapti. ✅Kechagi testlarga Shohsanam Raimjonova, Sayyoraxon, Ra'no Absalomova, Umida Esanboyeva, Marhaboxon Mansurova va Mahfuzaxonlar to'g'ri javob berishdi. Ulardan birinchi bo'lib javob yo'llagan hamda 5-shart, ya'ni so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlab, ikki gapdan oshmagan eng yaxshi ta’rif uchun Shohsanam Raimjonova tanlab olindi. 🎉G'olibimizni mukofot bilan qutlaymiz! Bizni kuzatishda davom eting. Navbatdagi test savollari 17:00da kanalga joylanadi. 🌐Sayt ✈️Telegram ✅Murojaat ♾Muhokama 🌐Instagram

Til va adabiyot ta’limi

@TAT_jurnal · Post #2378 · 11.02.2026 г., 12:02

#Navoiy585 #tanlov ✨Haftalikning 3-kun savollari: ‼️Javoblar to‘liq holda izohda qabul qilinadi (A, B, D, E emas). 1. “Sab’ai sayyor”da misrlik sayyoh Sa’d haqidagi hikoyani yashil qasrda qaysi kuni aytadi? A. Dushanba B. Chorshanba D. Juma E. Yakshanba 2. Muqbil va Mudbir haqidagi hikoyat Alisher Navoiyning qaysi asarida keltirilgan? A. “Saddiy Iskandariy” B. “Layli va Majnun” D. “Sab’ai sayyor” E. “Farhod va Shirin” 3. “Kamina til (turkiy) borasida bemisl zahmat va mashaqqat chekmakka bel bog‘lagan... Mavlono ...dan tamomroq kishi ko‘rmadim”. Alisher Navoiy bergan ushbu tarifda nuqtalar o‘rnida tushirib qoldirilgan ismni toping. A. Jomiy B. Lutfiy D. Sakkokiy E. Husayn Boyqaro 4. “Lison ut-tayr”da keltirilgan Kalog‘ qanday qush? A. Tovus B. Olaqarg‘a D. To‘ti E. Qarchig‘ay 5. So‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlab, ikki gapdan oshmagan gap yozing. Eng yaxshi ta’rif tahririyat jamoasi tomonidan tanlab olinadi. ✅Test savollari "Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur"ga bag'ishlangan yopiq kanal asosida tuzildi. 🌐Sayt ✈️Telegram ✅Murojaat ♾Muhokama 🌐Instagram

Til va adabiyot ta’limi

@TAT_jurnal · Post #2377 · 11.02.2026 г., 09:32

#Navoiy585 #tanlov "Xamsa"ning ikkinchi dostoni – "Farhod va Shirin"ning sovrindori aniqlandi. 📣"Til va adabiyot ta'limi" tahririyati Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag'ishlab hafta davomida test savollari va topshiriqlarni berib borayotgan edi. ✅Kechagi testlarga Marhaboxon Mansurova, Iroda Usmonova va Gavhar Uzoqovalar to'g'ri javob berishdi. Shunday bo'lsada, ularning orasidan g'azal o'qish sharti bo'yicha ustunlik bilan Iroda Usmonova g'olib bo'ldi. 🎉G'olibimizni mukofot bilan qutlaymiz! Bizni kuzatishda davom eting. Navbatdagi test savollari 17:00da kanalga joylanadi. 🌐Sayt ✈️Telegram ✅Murojaat ♾Muhokama 🌐Instagram

Til va adabiyot ta’limi

@TAT_jurnal · Post #2375 · 10.02.2026 г., 12:05

#Navoiy585 #tanlov ✨Haftalikning 2-kun savollari: ‼️Javoblar to‘liq holda izohda qabul qilinadi (A, B, D, E emas). 1. "Bilqisi ahd" ta'biri o'rta asrlarda zamon malikalari, ko'pincha valiahdning onasiga nisbatan qo'llanilgan. Alisher Navoiy o'z g'azallarida bu ta'birni qo'llaganda kimni nazarda tutgan? A. Xonzodabegim B. Xadichabegim D. Bibixonim E. Gulbadanbegim 2. Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub" asarida nimalarga ko‘proq urg‘u berilgan? A. Ta'lim B. Naseh D. Tanbeh E. O'git F. B, D, E 3. Alisher Navoiyning qaysi asari zohiran firoqnoma sifatida tushunilsa, botinan visolnoma sifatida e'tirof etiladi? A. "Farhod va Shirin" B. "Hibat ul-haqoyiq" D. "Layli va Majnun" E. "Lison ut-tayr" 4. Alisher Navoiyning "Xazoyin ul-maoniy" to'plamidagi to'rt mustaqil davrning "Keksa yosh foydalari" qanday nomlangan? A. "Favoyid ul-kabar" B. "Bado'e ul-vasat" D. "G'aroyib us-sig'ar" E. "Navodir ush-shabob" 5. Alisher Navoiyning "Qilg'il" radifli g'azalini ifodali o'qib bering (audio yoki video). ✅Test savollari "Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur"ga bag'ishlangan yopiq kanal asosida tuzildi. 🌐Sayt ✈️Telegram ✅Murojaat ♾Muhokama 🌐Instagram

12
ПретходнаСтраница 1 од 2Следна