TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Python Заметки

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Најди сличен содржај

Изворен канал @pythonotes · Post #310 · 22 фев.

Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩 Больше двоек в дататайме вы не застанете! Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам))) 🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз! ⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд! #offtop

Hashtags

Резултати

Пронајдени 20 слични објави

Пребарај: #oʼrganish

当前筛选 #oʼrganish清除筛选
Surxondaryo viloyati Kengashi

@ecopartysurxon · Post #24482 · 26.03.2026 г., 15:06

#Ekopartiya #Surxondaryo #Oʼrganish Sport – salomatlik garovi: Deputatlar hududlardagi sport obyektlari va sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi Mahallalarda sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun munosib sharoitlar yaratish doimiy e’tiborda. 🇺🇿Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Xolmirzayeva Feruza Abdullayevna viloyat Sport boshqarmasi boshlig'ini jalb qilgan holda Jarqo'rg'on tumani "Istiqlol" mahallasidagi "Sport maktabi" faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Oʻrganishlar davomida deputatlar tomonidan sport maktabining mavjud moddiy-texnik bazasi, o‘quvchi-sportchilar uchun yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi. Murabbiylarning malakasi va sport anjomlari bilan ta’minlanganlik darajasi tahlil qilindi. Bugungi kunda ushbu maskan yuzlab yoshlarni professional sportga tayyorlash markaziga aylangan. ▫️Shuningdek, sport maktabga olib keluvchi yo'llarda sportchi o'quvchilarning xavfsiz kelib-ketishi uchun yo'l harakati xavfsizligi bo'limi inspektoriga tegishli ko'rsatmalar berildi. ▫️O'rganishlar yakunida deputatlar qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, stadion hududidan aholining unumli foydalanishini tashkil etish, sport maskanlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdilar. Ekopartiya Surxondaryo viloyat Kengashi matbuot xizmati

Surxondaryo viloyati Kengashi

@ecopartysurxon · Post #24411 · 24.03.2026 г., 16:26

#Ekopartiya #Surxondaryo #Oʼrganish Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyat partiya tashkiloti ishchi guruhi tomonidan Termiz tumanida yer osti suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Ekopartiya Surxondaryo viloyat Kengashi matbuot xizmati

Surxondaryo viloyati Kengashi

@ecopartysurxon · Post #24390 · 23.03.2026 г., 15:56

#Ekopartiya #Surxondaryo #Oʼrganish 💧 Termiz tumanidagi gigrogeologik kuzatuv punkiti faoliyati o‘rganildi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyat partiya tashkiloti ishchi guruhi tomonidan Termiz tumanida yer osti suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida tumandagi “Yangi Oʻzbekiston” massivida joylashgan Termiz yer osti suv koni faoliyati hamda hududdagi gidrogeologik kuzatuv punktlarida yer osti suvlarining sathidagi o‘zgarishlar tahlil qilindi. Mutaxassislar tomonidan yer osti suvlarining hozirgi holati hamda o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlari o‘zaro solishtirilib, suv sathidagi o‘zgarishlar holati o'rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, Termiz tumani “Yangi Oʻzbekiston” massivida joylashgan kuzatuv burg‘u qudug‘ining chuqurligi 250 metrni tashkil etadi, hozirgi vaqtda esa undagi yer osti suv sathi 8,94 metrni tashkil qilmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu hududda yer osti suvlarining eng yuqori ko‘tarilish davri odatda fevral–mart oylariga to‘g‘ri keladi. Bunga asosiy sabab sifatida aynan shu davrda yog‘ingarchilik miqdorining ko‘p bo‘lishi ko‘rsatilmoqda. Atmosfera yog‘inlari miqdori, shuningdek hududda suv olish inshootlarining faoliyati yer osti suv sathining ko‘tarilishi yoki pasayishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. O‘rganish davomida olib borilgan kuzatuv natijalari shuni ko‘rsatdiki, Termiz tumanidagi yer osti suv konlarida suv sathining keskin pasayishi kuzatilmagan. Shuningdek, gidrogeologiya sohasi mutaxassislari bilan viloyat hududlarida yer osti suvlarining pasayishi kuzatilayotgan ayrim hududlardagi holat ham muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan yer osti suv resurslarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish hamda suv zaxiralarini asrab-avaylash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi. Mazkur o‘rganishlar suv resurslaridan samarali foydalanish, ularni kelajak avlodlar uchun asrab qolish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ekopartiya Surxondaryo viloyat Kengashi matbuot xizmati

Surxondaryo viloyati Kengashi

@ecopartysurxon · Post #24339 · 19.03.2026 г., 05:26

#Ekopartiya #Surxondaryo #Oʼrganish 💧Termiz tumanidagi suv inshoatlari faoliyati o'rganildi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyat partiya tashkiloti ishchi guruhi tomonidan Termiz tumanida yer osti suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda ichimlik suvi darajasi bilan taminlanganlik darajasi yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi. Oʻrganish jarayonlari tumandagi Uchqizil mahallasi hamda “Yangi Oʻzbekiston” massivida joylashgan suv inshootlari faoliyatini koʻzdan kechirish bilan davom etdi. Xususan, Uchqizil mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan suv inshooti 2023-yilda foydalanishga topshirilgan boʻlib, zamonaviy texnologiyalar asosida barpo etilgan. Mazkur inshoot 2 ta, har biri 2000 kub metr sigʻimga ega suv rezervuari hamda 10 ta nasos (shundan 6 tasi vertikal, 4 tasi gorizontal) bilan jihozlangan. Ushbu inshoot orqali tumandagi Bunyodkor, Yangiyer, Kelajak, Yangiobod, Yangi hayot, Uchqizil va At-Termiziy mahallalarida istiqomat qiluvchi jami 3449 ta xonadon markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda. Shuningdek, “Yangi Oʻzbekiston” massivida joylashgan suv inshooti orqali 37 ta xonadon hamda Termiz davlat pedagogika institutiga uzluksiz suv yetkazib berilayotgani maʼlum qilindi. Oʻrganish davomida suv resurslaridan oqilona foydalanish, mavjud infratuzilmani asrab-avaylash hamda aholiga sifatli ichimlik suvi yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. 🌱 Ekologik barqarorlikni taʼminlash va tabiiy resurslarni muhofaza qilish – barchamizning ustuvor vazifamizdir. Ekopartiya Surxondaryo viloyat Kengashi matbuot xizmati

Surxondaryo viloyati Kengashi

@ecopartysurxon · Post #23997 · 07.03.2026 г., 18:32

#Ekopartiya #Surxondaryo #Oʼrganish “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan ko'chatlarning hozirgi holati nazorat-tahlil tartibida o'rganildi. O‘zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyat partiya tashkiloti ishchi guruhi hamda partiya deputatlik guruhlari, mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda jamoatchilik faollari ishtirokida Angor tumani hududidan o‘tuvchi M39 Termiz–Toshkent avtomobil yo‘li bo‘ylab ekilgan daraxt ko‘chatlarining holatini o‘rganish bo‘yicha oʻtkazilgan nazorat-tahlil tadbiridan lavha. Ekopartiya Surxondaryo viloyat Kengashi matbuot xizmati

Surxondaryo viloyati Kengashi

@ecopartysurxon · Post #23987 · 07.03.2026 г., 10:03

#Ekopartiya #Surxondaryo #Oʼrganish “Yashil makon” loyihasi doirasida ekilgan ko'chatlarning hozirgi holati nazorat-tahlil tartibida o'rganildi. O‘zbekiston Ekologik partiyasi deputatlik guruhlari, mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda jamoatchilik faollari ishtirokida Angor tumani hududidan o‘tuvchi M39 Termiz–Toshkent avtomobil yo‘li bo‘ylab ekilgan daraxt ko‘chatlarining holatini o‘rganish bo‘yicha nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda ekilgan ko‘chatlarning hozirgi holati, ularning parvarish qilinishi, yashovchanlik darajasi hamda atrof-muhitni yaxshilashga qo‘shayotgan hissasi tahlil qilindi. Shuningdek, hududning tuproq tarkibi, iqlim sharoiti va shamol yo‘nalishlari inobatga olinib, kelgusida ihotazorlar barpo etish hamda yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Mutasaddi tashkilotlar tomonidan ko‘chatlarni parvarishlash, ularning yashab ketishini ta’minlash hamda yo‘l bo‘ylarida yashil hududlarni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi. O‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim muammolar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Ma'sullarning ma’lumotlariga ko'ra, viloyatda 287,8 gektar yer maydonida 721 ming tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekish ishlari olib amalga oshirilmoqda. Shundan 101,8 gektar maydonda 255 ming tup, metan zapravkalari hududida esa 9,66 gektar maydonda 242 ming tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekilishi belgilangan. Bundan tashqari, qum bo‘ronlarining oldini olish maqsadida Angor tumani Qoraqir massivi hududida 102 gektar maydonda ihotazor barpo etish ishlari olib borilmoqda. Ushbu hududda viloyatdagi 6 ta davlat o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan Eldor qarag‘ayi, Yapon tuti, Xillo va Go‘zal katalpa daraxtlari hamda 250 ming tup zirk buta ko‘chatlari ekilmoqda. Mazkur tadbir hududlarda ekologik muvozanatni mustahkamlash, qum va tuz bo‘ronlari xavfini kamaytirish hamda aholi uchun sog‘lom ekologik muhit yaratishga xizmat qiladi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha deputatlik guruhi tomonidan tegishli tashkilotlarga tavsiyalar berilib, ko‘chatlarni parvarishlash va yashil hududlarni kengaytirish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Ekopartiya Surxondaryo viloyat Kengashi matbuot xizmati

Surxondaryo viloyati Kengashi

@ecopartysurxon · Post #23655 · 02.03.2026 г., 12:33

#Qiziriq_tumani #Oʼrganish Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga O'zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Q. Igamberdiyeva tumandagi “Istara” mahallasida mahalla aholisi nuroniylar hamda faollar tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari bilan joyida tanishdi hamda ushbu jarayonlarda bevosita qatnashdi. O‘rganish davomida mahalla hududida olib borilayotgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, hududni tartibga keltirish va atrof-muhitni obod qilishga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, aholining tashabbuskorligi va faolligi alohida e’tirof etildi. Shuningdek, obodonlashtirish ishlarini tizimli davom ettirish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda fuqarolarning faolligini yanada rag‘batlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Bu kabi tashabbuslar mahallalarda obod muhit yaratish, aholi turmush sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Ekopartiya Surxondaryo viloyat Kengashi matbuot xizmati

Surxondaryo viloyati Kengashi

@ecopartysurxon · Post #23176 · 20.02.2026 г., 11:45

#Ekopartiya #Sariosiyo_tumani #Oʼrganish “Gulobod” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashiga O'zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat M.Zaripova o'z saylov okrugidagi "Gulobod" mahallasida bo'ldi Tumandagi "Gulobod" mahallasi yettiligi bilan birgalikda mahallaning umumiy ahvoli, ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy xodim tomonidan ko'rsatilyotgan xizmatlar holati va ularga ko‘maklashish borasidagi ishlar, mahalladagi ishsiz fuqarolarga ish topishda yordam ko‘rsatish hamda ayollarni tadbirkorlik, kasanachilik va hunarmandchilikka jalb qilish orqali ularning iqtisodiy ahvolini yaxshilash bo'yicha amalga oshirilgan ishlari holati o'rganildi. Mahalla aholisi tomonidan bildirilgan mavjud muammolarning ijobiy yechimini ta'minlash maqsadida, tegishli tashkilot rahbarlariga deputatlik so'rovi yuborilishi belgilandi. Surxondaryo viloyat partiya tashkiloti Matbuot xizmati

Surxondaryo viloyati Kengashi

@ecopartysurxon · Post #24180 · 14.03.2026 г., 04:01

#Ekopartiya #Termiz_tumani #Oʼrganish Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi ♾O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qaroriga asosan Termiz tumanidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2025-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat tasdiqlangan. ♾ Mazkur ro‘yxatga muvofiq, Termiz tumani “Uchqizil” MFY hududidagi Avtobaza yo‘lining 1200 metr qismi hamda Bog‘zor ko‘chasining 3600 metr qismi, jami 4800 metr ichki yo‘lni asfaltlash ishlari belgilangan. ♾ Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 5-Uchqizil saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Norsayev, kotibiyat mudiri A.Avliyakulov va bosh mutaxassis K.Abdullayeva bilan birgalikda, tegishli mutaxassislar hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari ishtirokida mazkur yo‘llarda amalga oshirilgan asfaltlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi. ♾ O‘rganish jarayonida bajarilgan ishlarning sifati, belgilangan reja va talablar asosida amalga oshirilgani yuzasidan tahlil qilindi. ♾ Mutasaddilar tomonidan yo‘l qurilish ishlari belgilangan reja asosida bajarilgani qayd etilib, uning sifati yuzasidan ham tegishli xulosalar berildi. Ekopartiya Surxondaryo viloyat Kengashi matbuot xizmati

Surxondaryo viloyati Kengashi

@ecopartysurxon · Post #24098 · 13.03.2026 г., 04:56

#Ekopartiya #Termiz_tumani #Oʼrganish Uchqizil suv ombori hududida sport bazasi qurilish ishlari bilan tanishildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PQ-454-sonli “2025–2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi. Xususan, Xalq deputatrlari Termiz tumani Kengashiga O'zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat, tuman partiya tashkiloti raisi Shafoat Norsayev Termiz tumanidagi “Uchqizil” suv ombori hududida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha xalqaro sport bazasini qurish loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishildi. Mazkur loyiha doirasida 50 o‘rinli yotoqxona, 50 o‘rinli oshxona, 11×25 o‘lchamli yopiq suzish havzasi, elling, trenajyor zali, gimnastika zali hamda yordamchi xonalarni qurish rejalashtirilgan. O‘rganishlar davomida hududda qurilish ishlari boshlanganligi, ayrim binolar qad ko‘tarib borayotgani hamda qurilish uchun zarur bo‘lgan hududlar tekislanib, materiallar olib kelingani aniqlandi. Hozirgi kunda qurilish ishlari belgilangan loyiha asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha hududda sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlarni sportga keng jalb etish hamda xalqaro miqyosdagi sport musobaqalarini o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Ekopartiya Surxondaryo viloyat Kengashi matbuot xizmati

Surxondaryo viloyati Kengashi

@ecopartysurxon · Post #23395 · 24.02.2026 г., 15:30

#Ekopartiya #Qiziriq_tumani #Oʼrganish “Shodlik” mahallasida jamoat xavfsizligi va jinoyatchilikka qarshi kurash holati o‘rganildi O'zbekiston Ekologik partiyasidan Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga "Shodlik" saylov okrugidan saylangan deputat N.Alimov “Shodlik” mahallasida bo‘lib, mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va xavfsiz muhitni taʼminlash, mahalla hududida kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash, huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga barham berish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindantanishdilar. ✅O‘rganish davomida mahalla profilaktika inspektori tomonidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, fuqarolar bilan ishlash, muammoli oilalar bilan individual ishlash holatlari, yoshlarni, terrorizm, ekstremizm, zoʻravonlik va shafqatsizlik gʻoyalaridan himoyalashga yoʻnaltirilgan ishlarni amalga oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi. Ekopartiya Surxondaryo viloyat Kengashi matbuot xizmati

Surxondaryo viloyati Kengashi

@ecopartysurxon · Post #23139 · 19.02.2026 г., 18:11

#Ekopartiya #Qiziriq_tumani #Oʼrganish 30-sonli umumta’lim maktabi faoliyati joyida o‘rganildi 👀Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova, Kengash kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev, shuningdek deputatlar A.Ergashev hamda Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga O'zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat, tuman partiya tashkiloti raisi Q.Igamberdiyevalar tumandagi 30-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. ✅O‘rganish jarayonida maktabda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, sinfxonalar holati, moddiy-texnik baza, o‘qituvchilarning faoliyati hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. ✍️Shuningdek, maktab rahbariyati va pedagoglar bilan suhbat o‘tkazilib, ta’lim sifatini oshirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha fikr-mulohazalar tinglandi. O‘rganish davomida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, ularni manzilli hal etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi. 💳Mazkur tashrif ta’lim muassasalarida yaratilgan sharoitlarni yaxshilash, o‘quv jarayoni sifatini oshirish hamda mavjud muammolarni tizimli hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirishga xizmat qiladi. Surxondaryo viloyat partiya tashkiloti Matbuot xizmati

12
ПретходнаСтраница 1 од 2Следна