@columbia_center · Post #399 · 30.07.2025 г., 13:26
🗣30-IYUL – BUTUNJAHON ODAM SAVDOSIGA QARSHI KURASHISH KUNI 🌐 Har yili dunyo bo'ylab millionlab odamlar, jumladan ayollar, erkaklar va bolalar, odam savdosi qurboniga aylanmoqda. Bu zamonaviy qullikning eng qo‘rqinchli ko‘rinishlaridan biridir. 🔎Raqamlar tilga kiritayotgan haqiqatlar: 🟢 Dunyo bo‘yicha har yili 25 milliondan ortiq odam majburiy mehnat yoki jinsiy ekspluatatsiyaga jalb qilinadi. 🟢 Shundan har 4 qurbonning 1 nafari bola hisoblanadi. UNICEF va ICAT ma’lumotlariga ko‘ra, aniqlangan odam savdosi qurbonlarining taxminan 28%ini bolalar tashkil etadi. 🟢 Odam savdosi qurbonlarining 60% dan ortig‘ini ayollar va qizlar tashkil qiladi. Odam savdosi qurbonlari bo‘lgan insonlarni himoya qilish, ularga psixoijtimoiy xizmatlar tashkil qilish va ko‘rsatishda quyidagi hujjatlar muhimdir: 1. BMTning ODAMSAVDOSIGA QARSHI KURASHISH DASTURI UN.GIFT – United Nations Global Initiative to Fight Human Trafficking – BMT tomonidan 2007-yilda tashkil etilgan global tashabbus bo‘lib, odam savdosining oldini olish, unga qarshi kurashish va jabrlanuvchilarni himoya qilishga qaratilgan. 2. BMTning TRANSMILLIY UYUSHLGAN JINOYATCHILIKKA QARSHI KONVENSIYA – PALERMO PROTOKOLI(O‘zbekistonda ratifikatsiya qilingan) Bu hujjatga 170 dan ortiq davlat qo‘shilgan. Palermo protokoli odam savdosining ta'rifini belgilab beradi va davlatlarni: odam savdosiga qarshi qonunchilik yaratishga, jinoyatchilarni jazolashga, qurbonlarni himoya qilishga majbur etadi. 3. AQSh DAVLAT DEPARTAMENTINING TIP REPORT (Trafficking in Persons Report) Har yili e’lon qilinadigan ushbu hisobotda 180 dan ortiq davlatlardagi odam savdosiga qarshi kurashish darajasi baholanadi. Bu xalqaro bosim vositasi, yirik moliyaviy va texnik yordam dasturlarini belgilovchi hujjat hisoblanadi. #OdamSavdosigaYo‘q #30Iyul#BolalarHimoyasi#StopHumanTraffic 🤩Telegram🤩Facebook 🤩Instagram🤩Youtube