@utycargo · Post #381 · 12.05.2025 г., 04:31
📅 15-MAY – XALQARO OILA KUNI MUNOSABATI BILAN "TEMIRYO‘LKARGO" AJDA MA’NAVIY-PSIXOLOGIK TRENING BO‘LIB O‘TDI. 🔹 Treningni Jamoat Xavfsizligi Universiteti professori, psixologiya fanlari doktori Dilnoza Abdullajonova olib bordi. Tadbir davomida xodimlar oilaviy munosabatlar, ruhiy barqarorlik va shaxsiy rivojlanish borasida foydali tavsiyalar oldilar. 🧠 Psixologik mashqlar, interaktiv muloqot va iliq muhitda o‘tgan ushbu trening xodimlarimizda yuqori kayfiyat va ruhiy yengillik uyg‘otdi. Trening so‘nggida ishtirokchilar psixologdan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar. 💬 “Temiryo‘lkargo” AJ jamoasi har doim xodimlarining ma’naviy va ruhiy farovonligini diqqat markazida tutadi. Zero, sog‘lom oila – baxtli jamiyat kalitidir! #Temiryolkargo#OilamgaEhtirom#XalqaroOilaKuni#PsixologikTrening#RuhiyQollabQuvvatlashhttps://t.me/utycargo utycargo.uz 📱facebook /📱x.com /📱web sayt/📱linkedin.com/📱instagram