@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #80868 · 27.02.2026 г., 11:27
#Chilonzor #ToshkentMuzeyi #AyollarniEzozlash #BeshqorgonMFY #ManaviyMarifat #IjtimoiyQollabQuvvatlash #OilaVaJamiyat Toshkent muzeyiga sayohat tashkil etildi Toshkent muzeyi – tarixiy merosni o‘rganish, madaniy almashuv va o‘zini anglash maskani. Muzeyni ziyorat qilish har bir insonga o‘z tarixini chuqurroq anglash, Toshkentning Sharq sivilizatsiyasining eng qadimiy markazlaridan biri sifatidagi ahamiyatini his qilish imkonini beradi. Shu maqsadda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarma boshlig‘i ishtirokida Chilonzor tumani “Beshqo‘rg‘on” MFYda istiqomat qiluvchi, oila turmushi doirasida turli muammolarga duch kelgan xotin-qizlar uchun “Ayollarni e’zozlash” oyligi munosabati bilan muzeyga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida ishtirokchilar muzey eksponatlari bilan yaqindan tanishib, boy tarixiy merosimiz haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Tadbir nafaqat ma’naviy hordiq chiqarish, balki xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va ruhlantirishga xizmat qildi. Sayohat yakunida xotin-qizlarni qiynayotgan muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Bu kabi tadbirlar jamiyatda ayollarning o‘rni va nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi. ⬅️⬅️⬅️ Lavhamizda jarayonlar 🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi