TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Python Заметки

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Најди сличен содржај

Изворен канал @pythonotes · Post #310 · 22 фев.

Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩 Больше двоек в дататайме вы не застанете! Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам))) 🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз! ⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд! #offtop

Hashtags

Резултати

Пронајдени 13 слични објави

Пребарај: #onatilimfaxrim

当前筛选 #onatilimfaxrim清除筛选

Qadring baland bo‘lsin, ona tilim! O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligiga bag‘ishlangan “Jonajon o‘zbek tilim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda “Metrologiya rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan buyuk Sharq allomalari” (I–II qism) kitob-albomining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda agentlik hamda tizim tashkilotlari rahbar va xodimlari, falsafa fanlari doktori, professor Shaxnoza Madaeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Uchqun Tillaev, shuningdek O‘zbekiston milliy metrologiya instituti jamoasi ishtirok etdi. Dastlab, davlat tilining nufuzini oshirish hamda uni keng targ‘ib etish maqsadida “#onatilimfaxrim”, “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” kabi heshteglar ostida ijtimoiy challenjlar tashkil etildi. Shuningdek, “Farzandlarimizga kitob sovg‘a qilaylik” shiori ostida kitob yarmarkasi o‘tkazilib, xodimlar va ularning farzandlariga turli badiiy hamda ilmiy asarlar taqdim etildi. Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar davlat tilining jamiyat va ilm-fan sohasidagi o‘rni haqida so‘z yuritib, metrologiya sohasining ilmiy merosini targ‘ib etuvchi yangi nashr — “Metrologiya rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan buyuk Sharq allomalari” kitob-albomi haqida batafsil ma’lumot berdilar. Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda sohada davlat tilini rivojlantirish, uning nufuzini oshirish hamda rasmiy ish yuritishda to‘laqonli qo‘llanishini ta’minlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, xodimlarning o‘zbek tilida ish yuritish ko‘nikmalarini mustahkamlash, ilmiy-texnik hujjatlarda davlat tilining to‘g‘ri va uslubiy jihatdan puxta qo‘llanishini ta’minlash, shuningdek, terminologiyani yagona tizim asosida shakllantirish yo‘lida muhim tashabbuslar ilgari surilmoqda. Sohada davlat tili asoslarini chuqur va atroflicha o‘rganishni ta’minlash maqsadida “Metrologiyaning xalqaro lug‘ati (VIM)” hamda “Qonunlashtiruvchi metrologiya atamalar xalqaro lug‘ati (VIML)” ga integratsiyalashgan metrologiya sohasiga oid atamalar izohli lug‘ati va sohaga oid o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar nashr etildi. Ushbu nashrlar ilmiy hamjamiyat va sohaga aloqador mutaxassislar uchun muhim manba sifatida xizmat qilmoqda. Mazkur tadbir nafaqat o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlash, balki milliy g‘urur va ma’naviyatni yuksaltirish, metrologiya sohasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk Sharq allomalarining merosini keng targ‘ib etishga xizmat qildi. Til — millatning ruhi, uning o‘zligini saqlab qolish vositasidir. Jonajon o‘zbek tilimiz esa bugungi kunda ilm-fan, texnologiya va xalqaro maydonda o‘z o‘rniga ega bo‘layotgan, kelajak avlodni milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalayotgan bebaho merosimizdir. 🌐standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Amity University Tashkent

@amityuniversitytashkent · Post #4045 · 21.10.2024 г., 08:55

#onatilimfaxrim In honor of the Uzbek Language Day, we conducted an interview with our foreign professors, who shared their impressions of the culture of Uzbekistan in Uzbek language 😍 🇺🇿🇺🇿 O‘zbek tili kuni munosabati bilan xorijlik professor-o‘qituvchilarimiz bilan suhbat qildik, ular O‘zbekiston madaniyati haqida o‘zbek tilida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashishdi. 👉🏼 Watch the video 🕊Telegram📱Facebook📱Instagram📺YouTube🐦Twitter

Amity University Tashkent

@amityuniversitytashkent · Post #4044 · 21.10.2024 г., 04:19

#onatilimfaxrim A worthy gift from foreign students of Amity University in Tashkent! October 21 - the 35th anniversary of "the Day when the Uzbek language was granted the status of the state language" may we all be blessed! 🇺🇿🇺🇿 Toshkent shahridagi Amity universiteti xorijiy talabalaridan munosib tuhfa! 21-oktyabr - "O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun"ning 35-yilligi barchamizga muborak bo‘lsin! 👉🏼 Watch the video 🕊Telegram📱Facebook📱Instagram📺YouTube🐦Twitter

Istanbul Boshkonsulxonasi

@istanbul2020Boshkonsulxona · Post #1747 · 11.02.2024 г., 05:32

#onatilimfaxrim Shukur, mening kunim boshlandi, Tilimga erk, ko‘zim yoshlandi. Javob bersin o‘zbek tilida, Men tomondan so‘roq boshlandi. ✍️Anvar Mirzo she’ri (parcha) Сквозняк - YELVIZAK Солёный - TUZLANGAN, TUZLAMA Соус - QAYLA Справка - MA’LUMOTNOMA Сразу - DARHOL С собой - OLIBKETAR(o‘zi bilan) Стаж - MALAKA, TAJRIBA Сто процент - YUZ FOIZ Столовая - OSHXONA Стройка - QURILISH Субботник - SHANBALIK, HASHAR Счёт - HISOB (HISOB VARAG'I) Так - XO‘SH Так что - SHUNDAY EKAN ⚠️O‘zbek tilidan sof foydalaning!

Til va adabiyot ta’limi

@TAT_jurnal · Post #1538 · 20.10.2024 г., 09:14

#onatilimfaxrim Mening tig‘ tilgan tilim, Mening kesilgan tilim, Bahaybat to‘g‘on tushib, Yo‘li to‘silgan tilim. Qushning unut patiday To‘kilgan unut jonim, Kitoblarning qatida Rangi-ro‘yi somonim. "Eski o‘zbek tili"mas, Dedilar eskirgan til, Qo‘rqib chiqarmoqqa sas, Sandiqlarga kirgan til. Senda bodom isi bor, Senda bobom isi bor, Bolam na rus, na o‘zbek, Arosat belgisi bor. Besh yuz yillar avvalgi Xatni men anglayman, bas, Men bugun aytganimni Bolam ba’zan tushunmas. Ko‘kragimda dod qotgan, Yaqinlashar katta xavf, O‘z tilini yo‘qotgan Xalq bo‘lmasmi yerdan daf. Oldga, safarbarlikka Qanday yaraydi bolam, Ortidagi jarlikka Qanday qaraydi bolam. Uni kim qilib qo‘ydim, Kim bo‘ldi og‘am-inim, Tomir-tomirim kuydi, Sindi bo‘g‘in-bo‘g‘inim. Guli unut xalq bo‘ldik, Yo‘li unut xalq bo‘ldik, Ommaviy gunglik sodir, Tili unut xalq bo‘ldik. Umrimning shom, kechiga Shu o‘y sanchilib turib, "Lug‘otit-turk" ichiga Yoshim tomchilab turib Dedim: Tig‘ tilgan tilim, Mening kesilgan tilim. Halima Xudoybеrdiyeva

ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ

@ozbek_kadin_haklari · Post #1422 · 11.02.2024 г., 07:58

#onatilimfaxrim Shukur, mening kunim boshlandi, Tilimga erk, ko‘zim yoshlandi. Javob bersin o‘zbek tilida, Men tomondan so‘roq boshlandi. ✍️Anvar Mirzo she’ri (parcha) Сквозняк - YELVIZAK Сольёный - TUZLANGAN, TUZLAMA Соус - QAYLA Справка - MA’LUMOTNOMA Сразу - DARHOL Ссобой - OLIBKETAR(o‘zi bilan) Стаж - MALAKA, TAJRIBA Сто процент - YUZ FOIZ Столовая - OSHXONA Стройка - QURILISH Субботник - SHANBALIK, HASHAR Счёт - HISOB (HISOB VARAG'I) Так - XO‘SH Так что - SHUNDAY EKAN ⚠️O‘zbek tilidan sof foydalaning!

MEHRLI MAKTAB` rasmiy sahifa

@mehrlimaktab · Post #352 · 19.10.2022 г., 10:54

#Onatilimfaxrim QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM! 🇺🇿 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Mehrli maktab pedagog xodimlari ona tilimizga bo‘lgan yuksak hurmatini #Onatilimfaxrim chorlovini ommalashtirish orqali ifoda etmoqda. ❇️Barcha yurtdoshlarimizni yaqinlashib kelayotgan O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Mehrli maktab jamoasi nomidan chin qalbdan muborakbod etamiz. 🔰 Davlat tiliga hurmat – yuksak insoniy burch ekanligini barchamiz yodda tutmog‘imiz lozim! 🗣 Ona tilimizni targ‘ib etishda siz ham faol ishtirok eting Instagram Facebook

Sirojiddin Toxirjonov

@sirojiddintaxirjonov · Post #153 · 21.10.2021 г., 09:18

Aziz va qadrli yurtdoshlar! Sizlarni 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etaman. Ona tilim — onajonim tili bu, Beshikdanoq singgan jonu quloqqa. Elu yurtim, xonumonim tili bu, Qadimlikdan o'xshar ona tuproqqa. 🇺🇿 O‘zbek tilimiz hamisha bezavol yashasin, doimo mag‘rur yangrasin! #onatilimfaxrim @sirojiddintaxirjonov

Til va adabiyot ta’limi

@TAT_jurnal · Post #1541 · 21.10.2024 г., 05:10

#onatilimfaxrim #nazm …Qadim ohanglardan men seni topdim, Izladim tafakkur osmonlaridan. Bir buyuk xalq bo‘lib chiqib kelding sen, “Go‘ro‘g‘li”, “Alpomish” dostonlaridan… …Sen – tilim tagida turgan achchiq tosh, Sensiz men hech kimman, yo‘qdirman, bildim! Sen – tirik xazina, sen – tirik afsun, Seni angladim-u, dunyoga keldim! Qisinib-qimtinib yurmayman chetda, Kibr yo manmanlik emas falsafam. O‘zbek kalomida Iymon, Nomus, Or Va ikki dunyoning saodati jam! Sen – muhabbat tili hamda erk tili, Sen borki, Haq bilan sirlashamiz biz! Sen – jasorat tili va mardlik tili, Sen borki, xalq bo‘lib birlashamiz biz! Zebo Mirzo "Ona tiliga qasida" she’ridan parcha Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

@TAT_jurnal · Post #1536 · 19.10.2024 г., 06:11

#onatilimfaxrim #nazm Men o‘ylayman: hayot yo‘lida Izlasa, ko‘p tarjimada sir. Necha yildir o‘zbek tilida So‘zlayotir, mana, Shekspir. Shunday san’at bo‘lmasa agar, Ko‘z o‘ngida qorong‘u dunyo – Biz bilmasdik, goh shams, goh qamar Bosh ustida – Tolstoy bobo. Bular yaxshi. Bir narsa chatoq: O‘zbekning ham bor shirin gapi. Tarjimada lekin tumtaroq, Tarjimaning yo‘qdir maktabi. Dunyo hamon bilmaydi, do‘stlar, Navoiyning dardini tugal, Mashrab qaysi ohangda bo‘zlar, Nodiradan qolgan ne g‘azal. O‘lkamizda, ko‘rsangiz, shuncha Madaniyat, shuncha maorif, Chiqmapti deb tarjimam uncha, Kuyar ammo Abdulla Orif. Birov mumkin ochsa menga bahs, Men baribir bu borada haq: Kimdir kelib ko‘tarib qo‘ymas, O‘z-o‘zini ko‘tarmasa xalq... Omon Matjon Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

12
ПретходнаСтраница 1 од 2Следна