@yoshlarjamgarmasi · Post #117 · 03.10.2025 г., 12:26
🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi ijrochi direktori Omonov Shahzod Baxtiyorovich bugun 🏦 "Sanoatqurilishbank" rahbariyati bilan uchrashdi. 💰 Uchrashuv davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-60-son qarorida belgilangan vazifalar doirasida yoshlarning ishlab chiqarish va sanoat yo‘nalishidagi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. 🎯Sizning ham biznes g‘oyangiz bormi? Unda Jamg‘arma uni haqiqatga aylantirishga tayyor! #YoshlarIshlariAgentligi#YoshlarTadbirkorligiJamgarmasi#SanoatQurilishbank Sayt | Telegram | Instagram