@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #80744 · 25.02.2026 г., 09:01
#Ramazon2026 #MehrMuruvvat #Saxovat #IjtimoiyQollabQuvvatlash #EzguAmallar #SaxovatKarvoni #NuroniylarEhtiromda 🌙 Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Chilonzor tumanida keng ko‘lamli xayriya va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tadbirlari izchil davom etmoqda. Ushbu fayzli oyda mehr-muruvvat, saxovat va insonparvarlik kabi ezgu qadriyatlar yanada mustahkamlanmoqda. Jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari hamda zaruriy yordamlar yetkazilmoqda. Shuningdek, keksa avlod vakillari, nuroniylar hamda uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriylar holidan xabar olinib, ularga alohida hurmat va e’tibor ko‘rsatilmoqda. Xususan, Mahallalar uyushmasi tomonidan ajratilgan 418 quti oziq-ovqat jamlanmalari ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar va kam ta’minlangan fuqarolarga tarqatildi. Ramazon — birdamlik va hamjihatlik oyidir. Bu muborak kunlarda amalga oshirilayotgan ezgu ishlar jamiyatimizda mehr-oqibat va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash muhitini yanada kuchaytirmoqda. 👉👉👉 Lavhamizda jarayonlar 🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi