@gsbe_uz · Post #2268 · 16.04.2025 г., 11:20
🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Barqarorlik uchun innovatsiyalar: Yashil iqtisodiyotga o‘tish davrida biznes va tadbirkorlik” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Tadbir, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “O‘zbekistonda – 2030” strategiyasi doirasida, atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirilayotgan Davlat dasturi hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish uchun boshqaruv kadrlarini tayyorlashga ko‘maklashish” loyihasi asosida o'tkazildi. 🌐 "Konferensiyaning asosiy maqsadi - yashil o‘sish, raqamli transformatsiya va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali barqaror rivojlanishning yangi yo‘nalishlarini muhokama qilish va xalqaro tajriba bilan o‘rtoqlashish edi. Tadbirda O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari, akademik doiralar, shuningdek, Germaniya, Finlyandiya, Latviya, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Malayziya va Qozog‘istondan kelgan 25dan ortiq xalqaro ekspertlar ishtirok etdi." ✅ Tadbirda 4 ta tematik sessiya tashkil etilib, ishtirokchilar yashil moliya, mahalliy tashabbuslar, yashil texnologiyalar va ta’lim kabi masalalarni muhokama qildilar. Konferensiyaning yakunida ishtirokchilar davlat va xususiy sektor hamkorligida “yashil” loyihalarni rivojlantirish, xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni mustahkamlash va mahalliy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy takliflar bildirdilar. 🇷🇺Подробнее 🇬🇧More #GSBE#GraduateSchool#GreenEconomy#ScientificConference 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube