@sdqsurxon · Post #10553 · 28.04.2025 г., 15:29
#Surxondaryo#Ekologiya#SurxonQo‘riqxonasi #Shalqon#TabiatniAsraylik "Surxon" davlat qo‘riqxonasida ekologik ekskursiya! Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi tashabbusi bilan Termiz muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining ekologiya yo‘nalishi talabalari Surxon davlat qo‘riqxonasiga ekskursiya uyushtirdi. Talabalar qo‘riqxonaning tabiiy boyliklari va Shalqon bo‘limining o‘ziga xos xususiyatlari bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir davomida ekologik bilimlar, tabiatni asrash va iqlim o‘zgarishi muammolari haqida ma’lumotlar berildi. Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati Kanalga ulaning: https://t.me/surxoneko