@unisat_uz · Post #1091 · 09.03.2023 г., 08:19
Bu yilgi Xalqaro xotin-qizlar kuni fan, texnologiya va innovatsiyalardagi gender tafovutlarini bartaraf etishga bag‘ishlangan. Dunyo miqyosida erkaklar Internetdan ayollarga nisbatan hali ham 21 foizga ko‘proq foydalanish imkoniyatiga ega, kam daromadli mamlakatlarda esa bu ko‘rsatkich 50 foizdan oshadi. UNICEF fan, texnologiya, muhandislik va matematika – STEM sohalarida gender tengsizlikni bartaraf etish ustida ishlamoqda. #Skills4Girls va #UniSat dasturlari doirasidagi tadbirlarda ishtirok etgan O‘zbekistonning barcha viloyatlaridagi o‘nlab qizlar STEM bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib, o‘z orzulariga erishish yo‘lda o‘qishni muvaffaqiyatli davom ettirmoqdalar.
Hashtags