Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩
Больше двоек в дататайме вы не застанете!
Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам)))
🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз!
⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд!
#offtop
📣📣📣📣📣📢📢📢📢📢
Ertaga Ohangaron shahar markaziy o‘yingohida “5 ming qadam” marafoni bo‘lib o‘tadi!
🗓 Sana: 11-aprel
⏰ Boshlanish vaqti: 08:00
📍 Manzil: Ohangaron shahar markaziy o‘yingohi
Barchangizni sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, faol va serg‘ayrat hayot sari yana bir qadam tashlashga chorlaymiz!
Keling, birga harakat qilaylik va sog‘lom hayotni tanlaylik!
Fursatni boy bermang — biz bilan birga bo‘ling!
#5mingqadam#SoglomHayot
🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi
Axborot xizmati
Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt|Facebook
#SoglomHayot, #Ekologiya, #SportHayotManbai
🌿 Sog‘lom turmush tarzi — salomatlik garovi!
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 30-sentabrdagi 344-sonli “Xodimlar o‘rtasida to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishning inson salomatligiga foydasini targ‘ib qilish hamda uni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosi doirasida Andijon viloyat ekologiya boshqarmasida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
🏃♂️ Shu maqsadda boshqarma xodimlari o‘rtasida tana vazni indeksini aniqlash tadbiri tashkil etilib, xodimlarning tana vazni maxsus o‘lchagich orqali qayd etildi.
🥗 Shuningdek, tadbir davomida to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va sport bilan shug‘ullanishning inson salomatligiga foydasi haqida tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.
Mazkur tashabbus sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, xodimlar salomatligini mustahkamlash hamda ish unumdorligini oshirishga xizmat qiladi.
🔥Toshkent vagon deposida sport va sog‘lom raqobat!
Faol hayot tarzi, sport bilan shug‘ullanish salomatlikning eng asosiy omillaridan. Qolaversa, ayollarning salomatligi jamiyatning har bir bo‘g‘inida alohida e’tibor berilishi kerak bo‘lgan muhim jihat. Shu bois bugungi musobaqalarda ayollarning ishtiroki, faolliligiga alohida e’tibor qaratildi.
Ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda o‘z kuchini sinab ko‘rishdi:
🏀To‘p otish
1-o‘rin - Rivenkova Katya
2-O‘rin - Bo‘tanova Zamira
3-O‘rin - Yusupova Hafiza
🏃♂️100 metrga yugurish
1-o‘rin - Sobirxonov Fayzulla
2-O‘rin - Abuyev To‘lqin
3-O‘rin - Xidirnazarov Samandar
🪢Arqonda sakrash
1-o‘rin - Ermatova Manzura
2-o‘rin - Yeshmuradova Eleanora
3-o‘rin - Mannonova Madina
🎯Darts
1-o‘rin - Kulbayeva Zamira
2-o‘rin - Tajiyeva Mahliyo
3-o‘rin - Usmanova Matluba
🏋️Tosh ko‘tarish
1-o‘rin - Tursunov To‘lqin
2-o‘rin - Majidov Abduhakim
3-o‘rin - Mambetov Erbol
🤸Turnikka tortilish
1-o‘rin - Eshonxonov Abdulla
2-o‘rin - Karimov Islom
3-o‘rin - Ravshanbekov Doston
🎁 G‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Musobaqalar do‘stlik, sog‘lom raqobat va bir jamoa bo‘lib harakat qilish ruhida o‘tdi.
🫶 Sog‘lom tana — sog‘lom jamiyat garovi! Harakatda — barakat!
#Temiryolkargo#SoglomHayot#SportBilanBarhayot#JamoaviyRuh
#Chilonzor
#SportMarafoni#SoglomTurmushTarzi
#5000Qadam
#OmmaviySport
#SoglomHayot
Chilonzorda sport marafoni yuqori kayfiyatda o‘tkazildi
Prezidentimiz tomonidan sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va sport bilan ommaviy shug‘ullanishga qaratilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Chilonzor tumani hokimligi tashabbusi bilan sport marafoni tashkil etildi.
Unda tuman hokimligi, shuningdek, tuman bo‘lim va boshqarmalari xodimlari faol ishtirok etdi. Marafon ishtirokchilari Bunyodkor sport majmuasi atrofida jamlanib, turli jismoniy mashqlarni bajardilar hamda 5000 qadam yurish aksiyasida qatnashdilar.
Tadbir davomida ishtirokchilar bayramona kayfiyatda raqsga tushib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi muhit yaratildi.
Albatta, mazkur sport bayrami barcha ishtirokchilarning kayfiyatini ko‘tarib, ularning salomatligi uchun foydali bo‘ldi.
https://t.me/chilonzor_tuman_hokimligi

Pediatr bolalarni shamollashdan saqlash uchun kuz va qishda ota-onalarga muhim maslahatlar berdi.
https://yep.uz/uz/2025/09/pediatr-kuzda-bolalar-soglom-bolishi-uchun-6-tavsiya/
#pediatr#bolalar#shamollash#profilaktika#immunitet#soglomhayot
#Chilonzor
#Nuroniy
#Sport
#ShaxmatShashka
#SoglomHayot
#Mahalla
CHILONZORDA NURONIYLAR SHAXMAT-SHASHKA BO‘YICHA KUCH SINASHDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi 92-sonli hamda 2024-yil 25-noyabrdagi 405-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash, keksalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida "Nuroniy" jamg‘armasi Chilonzor tumani bo'limi tomonidan shaxmat-shashka musobaqasi o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda tumandagi 1-sektorga qarashli 12 ta MFYdan tashrif buyurgan nuroniylar ishtirok etishdi. O‘zaro do‘stona va murosasiz kechgan bahslarda otaxonlarimiz g‘oliblik uchun mahoratlarini namoyish etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🏆 Shashka yo‘nalishi bo‘yicha 3 nafar;
🏆 Shaxmat yo‘nalishi bo‘yicha 3 nafar eng kuchli ishtirokchilar aniqlandi.
G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bu kabi tadbirlar nuroniylarimizning ijtimoiy faolligini oshirish va vaqtlarini mazmunli o‘tkazishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi
#Chilonzor#YoshlarKuni
#Sport#Voleybol
#VazirKubogi#SoglomHayot
#MahallaYoshlari
Chilonzorda sport bayrami: 55 ta mahalla yoshlari "Ichki ishlar vaziri kubogi" uchun bahslashadi!
Xabar berganimizdek, kuni kecha Chilonzor tumanida Yoshlar kuni munosabati bilan nafaqat intellektual, balki sport sohasida ham qizg‘in tadbirlar boshlandi. Tuman hokimligi binosi oldidagi ochiq maydonda voleybol bo‘yicha "Ichki ishlar vaziri kubogi" musobaqalariga rasman start berildi.
Tadbirning eng hayajonli qismi — qur’a tashlash marosimi yuqori saviyada tashkil etildi. Unda tuman hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev, tuman prokurori, tuman IIOFMB boshlig‘i, tuman Soliq inspeksiyasi rahbari va boshqa mutasaddi vakillar ishtirok etishdi.
Musobaqa tafsilotlari:
* Tumandagi 55 ta mahalla yoshlaridan tashkil topgan jamoalar g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
* Qur’a natijalariga ko‘ra, o‘zaro raqib bo‘ladigan jamoalar aniqlab olindi.
* Bahslar mahalla yoshlarini birlashtirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qiladi.
Sport — bu nafaqat salomatlik garovi, balki birdamlik va matonat maktabidir. Biz barcha chilonzorlik yoshlarni ushbu murosasiz bahslarda faol bo‘lishga va o‘z mahalla jamoalarini qo‘llab-quvvatlashga chorlaymiz!
G‘alaba sari olg‘a, Chilonzor yoshlari!
👉👉👉 Lavhamizda jarayonlar
🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi
#Chilonzor#YoshlarKuni
#Sport#Voleybol
#VazirKubogi#SoglomHayot
#MahallaYoshlari
Chilonzorda sport bayrami: 55 ta mahalla yoshlari "Ichki ishlar vaziri kubogi" uchun bahslashadi!
Bugun Chilonzor tumanida Yoshlar kuni munosabati bilan nafaqat intellektual, balki sport sohasida ham qizg‘in tadbirlar boshlandi. Tuman hokimligi binosi oldidagi ochiq maydonda voleybol bo‘yicha "Ichki ishlar vaziri kubogi" musobaqalariga rasman start berildi.
Tadbirning eng hayajonli qismi — qur’a tashlash marosimi yuqori saviyada tashkil etildi. Unda tuman hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev, tuman prokurori, tuman IIOFMB boshlig‘i, tuman Soliq inspeksiyasi rahbari va boshqa mutasaddi vakillar ishtirok etishdi.
Musobaqa tafsilotlari:
* Tumandagi 55 ta mahalla yoshlaridan tashkil topgan jamoalar g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
* Qur’a natijalariga ko‘ra, o‘zaro raqib bo‘ladigan jamoalar aniqlab olindi.
* Bahslar mahalla yoshlarini birlashtirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qiladi.
Sport — bu nafaqat salomatlik garovi, balki birdamlik va matonat maktabidir. Biz barcha chilonzorlik yoshlarni ushbu murosasiz bahslarda faol bo‘lishga va o‘z mahalla jamoalarini qo‘llab-quvvatlashga chorlaymiz!
G‘alaba sari olg‘a, Chilonzor yoshlari!
🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi
Havo so‘nggi kunlarda sezilarli darajada og‘irlashdi. ❗️
Raqamlar endi faqat statistika emas, hammamiz nafas olayotgan havo.
Shu bois shu kunlarda hushyor boʼlib, ochiq havodagi faoliyatingizni imkon qadar qisqartirishingizni, tashqariga chiqqanda niqob taqishingizni tavsiya etamiz.
@avtoradio.uz — nafaqat musiqa, balki hammamiz uchun umum masalalar muhokama etiladigan, yechim sari intiladigan manzil. Jamiyat sifatida har dam bir bo‘lsak, natija albatta bo‘ladi. 🌿
#ToshkentHavosi#AvtoRadio#HavoIfoslanishi#AtrofMuhit#HavoSifatiniSaqlaymiz#Ekologiya#SoglomHayot#Chang#Smog#ToshkentBugun#HammaBirga