TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Python Заметки

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Најди сличен содржај

Изворен канал @pythonotes · Post #310 · 22 фев.

Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩 Больше двоек в дататайме вы не застанете! Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам))) 🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз! ⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд! #offtop

Hashtags

Резултати

Пронајдени 6 слични објави

Пребарај: #soliqlar

当前筛选 #soliqlar清除筛选

#Soliqlar. Bismillahir Rohmanir Rohiim. Menga bir nechta vatandoshimiz Germaniyadagi soliq idorasidan (Finanzamt) shunday xat olganini va bu xatning mazmunini tushunishmagani uchun murojaat qilishibdi. Bugun shu xat nima sababdan jo'natilishini tushuntirib bermoqchimann Ushbu xat shunchaki eslatma sifatida jo'natiladi, ya'ni soliq idorasi bu xat orqali sizga "Mabodo (sofern) siz soliq dekloratsiyasi (Steuererklärung) topshirishga majbur bo'lsangiz, u holda tezroq topshirib qo'ying" demoqchi bo'ladi. Xatni kimdir o'tirib, shaxsan sizning o'zingiz uchun yozib o'tirmaydi. Bu xat mashina orqali yozilib, deyarli hammaga jo'natiladi. -Shunday xat olganlar nima qilishi kerak? -Agar siz soliq dekloratsiyasi topshirishga majbur bo'lmasangiz, hech narsa qilishingiz shart emas. Misol uchun, siz work and travelga borib kelgansiz yoki Germaniyada Steuerklasse 1 bo'yicha ishlaysiz, davlatdan yordam pullari (Elterngeld, ALG 2) olmagansiz, bunaqa holatlarda siz soliq dekloratsiyasi topshirishga majbur emassiz. Xatga javob yozishga ham majbur emassiz. -Bir marta soliq dekloratsiyasi topshirgan odam har yili yana topshirishi kerakmi? -Yo'q, bir yil uchun soliq dekloratsiyasi topshirganingiz, boshqa yillarga ta'sir qilmaydi. Xohlasangiz topshirasiz, xohlamasangiz topshirmay qo'yaverasiz. -Unda xatni nega jo'natishadi? -Yuqorida aytganimdek, xat mashina bilan yoziladi va deyarli hammaga jo'natiladi. Shuning uchun, sizga ham jo'natishgan. Xavotir olishga va vahima qilishga hojat yo'q. -O'zi kimlar soliq dekloratsiyasi topshirishga majbur? -Bu haqida ushbu maqolada ma'lumot yozganman. Bu postni shunday xat olib, vahima qilib yurgan tanishlaringizga yuborib qo'ying😉 @uzDeutschland

Hashtags

#Soliqlar 2-Qism Bismillahir Rohmanir Rohim. O'tgan safargi postda Germaniyada Ferienjob qilgan talabalar to'lagan soliqlarini to'liqligicha qaytarib olishi mumkinligi haqida ma'lumot bergandim. Bugun "Germaniyada doimiy ishlaydiganlar ham soliqlarini qaytarib olsa bo'ladimi?" degan savolga javob berishga harakat qilaman. Aslida ushbu savolga javob berish uchun butun boshli kitob yozish mumkin. Ammo ushbu postda o'zbeklar orasida ko'p uchrab turadigan vaziyatlar yordamida ma'lumotlar berishni maqsad qildim. Germaniyada to'lagan soliqlaringizni (faqat Lohnsteuer va SoLi) qaytarib olish yoki olmasligingiz ko'p faktorlarga bog'liq. Misol uchun, yillik daromadingiz, oilaviyholatingiz, ishga sarflagan xarajatlaringiz, bolalarning bog'chasiga qilingan xarajatlar va hkz. Men gapni uzoqdan olib kelishni yaxshi ko'raman, lekin ushbu postda birdaniga maqsadga o'tib qo'yishni lozim topdim. Quyidagi holatlatda to'lagan soliqlaringizning bir qismini yoki hammasini qaytarib olsangiz bo'ladi: 1️⃣. Kalendar yilining faqat ma'lum vaqtida ishlagan bo'lsangiz. Yuqorida aytib o'tganimdek, germaniyadagi soliqlar yillik daromadga bog'liq. Agar siz yilning faqat ma'lum qismida ishlagan bo'lsangiz, daromadingiz kam bo'lgan lekin to'lagan soliqlaringiz ko'p. Misol uchun, Germaniyaga iyul oyida yangi kelib, ish boshladiz yoki til kursidan keyin Apreldan boshlab ishlayabsiz. Yoki Ausbildungni tamomlab, sentyabrdan Fachkraft sifatida ishlayabsiz. Ushbu holatlarda sizda to'lagan soliqlaringizni qaytarib olish imkoniyati mavjud. 2️⃣. Oilangiz Germaniyaga ko'chib kelgan bo'lsa. Agar oilangiz yilning qaysidir oyida sizning yoningizga ko'chib kelsa, sizlar o'sha yil uchun oilaviySteuererklärung topshirsanglar bo'ladi. Misol uchun, oilangiz 2024-yilning 31-dekabrida Germaniyada anmelden bo'lsa ham, 2024-yil yanvardan anmelden bo'lgan bilan bir xil. 12 oy davomida Steuerklasse 1 bo'yicha to'lagan soliqlaringizning ancha qismini qaytarib olsangiz bo'ladi. Chunki soliqni oilaviy topshirasizlar, daromadni esa faqat siz qilgansiz, turmush o'rtog'ingiz Germaniyada ishlamagani uchun, yillik daromadinglar kam bo'lgan. 3️⃣. Oilangiz O'zbekistonda bo'lsa va siz ularni ko'rgani O'zbekistonga borgan bo'lsangiz. Ushbu holatda ham ancha pulni qaytarib olish mumkin, chunki siz oilangizni ko'rish uchun O'zbekistonga olingan biletlarni ham soliq dekloratsiyasiga kirgissangiz bo'ladi. Faqat buning uchun, siz Germaniyaga kelishdan oldin turmush qurgan bo'lishingiz kerak. 4️⃣. Xarajatlaringiz 1230€ dan ko'p bo'lsa (2024-yil uchun). Sizning ish bilan bog'liq xarajatlaringiz (asbob-uskunalar, ish uchun kiyimlar, turli Fortbildunglar, yo'lkira narxi va hkz) va boshqa soliqqa aloqador xarajatlar (bolalar bog'chasi, o'qish uchun to'langan pullar, uyda qilingan remont va hkz) umumiy miqdori 1230€ dan ko'p bo'lgan holatda ham soliqdan pulingizni qisman yoki to'liq qaytarib olsangiz bo'ladi. 5️⃣. Ota-onaga jo'natilgan pullar. Agar ota-onangizning yoshi 65 dan o'tgan bo'lsa va ularning daromadlari o'zlari uchun kamlik qilsa, siz jo'natgan pullaringizni ham Steuererklärungga yozishingiz mumkin. Ushbu holatda ham bu narsa soliqdan pul qaytarib olishingizga yordam beradi. 6️⃣. Umzug. Agar siz ish tufayli boshqa shaharga ko'chgan bo'lsangiz ham, ko'chish bilan bog'liq xarajatlarni Steuererklärungga yozish orqali pul qaytarib olsangiz bo'ladi. 7️⃣. Oilangiz kelganidan keyin Steuerklasse 4 da qolgansiz. Agar Steuerklasseni 3 ga o'zgartirmasdan, 4 da qolgan bo'lsangiz ham, ortiqcha to'lagan soliqlaringizni qaytarib olish mumkin.

Hashtags

#Soliqlar Bismillahir Rohmanir Rohiim. Oldingi postda Germaniyada Ferienjob(Work and travel) qilgan talabalar o'zlari to'lagan soliqlarini 100% qaytarib olishlari haqida aytgan edim. Shunda, ba'zilarda "Germaniyada ishlayotganlar ham to'lagan soliqlaeini hammasini qaytarib olsa bo'ladimi?" degan savol paydo bo'ldi. Bugun shu haqida ma'lumot berishga harakat qilaman. Eng avvalo, o'zi nima uchun Ferienjob qilganlarga to'lagan soliqlari 100% qaytarilishini tushunib olganimiz maqsadga muvofiq. Germaniyada soliqlar sizning yillik daromadingizga qarab belgilanasi. Ya'ni siz bir kalendar yilida qancha ko'p pul topsangiz, shuncha ko'p soliq to'lashingiz kerak. Ammo kam daromadli insonlar umuman soliq to'lamaydi, ular faqat ijtimoiy sug'urta badallarini (KV, RV, AV, PV) to'lasa kifoya. Agar sizning yillik daromadingiz 11600€ dan kam bo'lsa, siz kam daromadli insonlar qatoriga kirasiz. Ferienjob qilgan talabalar faqatgina 2-4 oy ishlaganlari uchun, ularning yillik daromadi kam bo'ladi. Shuning uchun ularga to'lagan soliqlari to'liqligicha qaytarib beriladi. Shu o'rinda, "baribir qaytarib berar ekan, o'zi soliq olib qolishni nima keragi bor?" degan savol paydo bo'lishi mumkin. Buning javobi oddiy, ish beruvchi sizning yillik daromadlaringiz haqida ma'lumotga ega emas. Shuning uchun u soliqlarni sizning oylik daromadingizga qarab olishga majbur. (Aslida buni aylanib o'tish yo'llari mavjud, ammo hamma ish beruvchi ham boshini og'ritib o'tirgisi kelmaydi, oson yo'lini tanlab, sizdan oyligingizga qarab soliq olib qoladi). Misol orqali tushuntirishga harakat qilaman. Teshavoy iyun oyida Germaniyada ish boshladi. Ish beruvchida u yanvar oyidan may oyigacha qancha daromad qilgani va keyingi oylarda qanday daromad qilishi haqida ma'lumot yo'q. Shuning uchun u Teshavoyni oylik daromadiga qarab soliq olib qoladi. Deylik Teshavoy iyun oyida 3000€ oylik olsa, shundan 317€ daromad solig'i uchun to'lashi kerak. Teshavoy yanvar oyidan may oyigacha daromad qilmagan, faqat yozda 3 oy ishladi. Yillik daromadi 9000€. Bu esa 11600€ dan kam. Teshavoy Germaniyadagi soliq idorasiga soliq dekloratsiyasi topshiradi. Ular Teshavoy bir yil davomida qancha soliq to'laganini, qancha daromad qilganini yaxshi bilishadi. Shuning uchun Teshavoyga soliqlarini qaytarib beradi. Germaniyada doimiy yashaydiganlar haqida keyingi postda yozishga qaror qildim. Uzun postni o'qib chiqishga hammada ham xohish yo'q😞 @uzDeutschland

Hashtags

#Soliqlar Bugun Germaniyada ishlayotgan bir vrachning Lohnsteuerbescheinigungini ko'rgandim. (O'zbek emas, Weiterbildung qiladi) 2021-yilda 29 ming yevro Lohnsteuer to'labdi, ya'ni har oyda 2 ming yevrodan ortiq. :) Undan tashqari, yil davomida 20 ming yevrodan ortiq pulni ijtimoiy sug'urtalar(Krankenversicherung, Rentenversicherung, Pflegeversicherung, Arbeitslosenversicherung) uchun to'lagan. Umumiy hisobda 49 ming💶 oyligidan olib qolingan😒 Germaniyada soliqlar haqiqatdan juda juda baland. Oyligining deyarli yarmi qo'liga tegmagan(Brutto va nettoni shundan hisoblab olaverasiz😁)

Hashtags

🚗 Xizmat safari xarajatlari me’yorlari - bu barcha buxgalterlar va tadbirkorlar uchun muhim! Do‘stlar, biz ko‘pincha xizmat safari xarajatlari bo‘yicha savollarga duch kelamiz va buni tushunishingiz oson bo‘lishi uchun men xizmat safari me’yorlari haqida batafsil hikoya qiladigan yangi video tayyorladim. Videoda quyidagilarni ko‘rib chiqamiz: • Qaysi summalarni hisobga olish mumkin deb hisoblanadi. • Xizmat safari xarajatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirish. • Xodimlar bilan hisob-kitob qilishda hisobga olish muhim bo‘lgan xususiyatlar. 🔗 Videoni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: YouTube videosiga havola • Savollaringizni izohlarda qoldiring yoki maslahat kerak bo‘lsa, menga yozing! #xizmatsafari#soliqlar

НДС — тема, которая всплывает на каждой второй консультации. Недавно ко мне обратился предприниматель: просил помочь найти переплаченный НДС. Я даже не открыла документы — сначала задала пару ключевых вопросов… и уже стало понятно, где искать проблему. Хочешь узнать, какие вопросы стоит задать себе, прежде чем копаться в цифрах? ▶️ Посмотрите видео — в конце задала вопрос для рассуждения Жду ваши ответы в комментариях —— QQS - har ikkinchi konsultatsiyada uchraydigan mavzu. Yaqinda menga bir tadbirkor murojaat qildi: ortiqcha to‘langan QQSni topishda yordam so‘radi. Hujjatlarni ko‘zdan kechirishdan oldin bir-ikkita asosiy savol berdim... va muammoni qayerdan izlash kerakligi darhol aniq bo‘ldi. Raqamlarni tahlil qilishdan avval o‘zingizga qanday savollar berish kerakligini bilishni istaysizmi? ▶️Videoni tomosha qiling - oxirida fikr yuritish uchun savol berdim Javoblaringizni izohlarda kutib qolaman #бухгалтерия#НДС#бизнес#ta_vat#налоги#buxgalteriya#QQS#biznes#ta_vat#soliqlar