@teachforuzbekistan · Post #271 · 20.07.2025 г., 08:57
Yozgi Institutning birinchi haftasi yakunlandi. ⚡️ Ishtirokchilar ilk haftani yoshlar uchun moslashtirilgan, energiyaga to‘la va o‘quvga boy kun tartibi bilan o‘tkazishdi! 🌅 Ertalabki tune-up mashg‘ulotlari bilan boshlanadigan kunlar, 🍽 Nonushtadan so‘ng davom etadigan chuqur va interaktiv darslar, 📚 O‘z ishining ustasi bo‘lgan mentor-o‘qituvchilardan o‘zlashtirilgan zarur bilimlar, ⚽️ Kun yakunida esa — volleybol, futbol va qiziqarli evening eventlar. 🎬 Jadidlarimiz haqidagi film kechalari, jamoaviy muhokamalar — bularning barchasi bizning ishtirokchilarimizga bir hafta ichida ham ta’limiy, ham ruhiy jihatdan o‘sishga zamin yaratdi. 💪 Bizning maqsad haqiqiy liderlarni shakllantirish, va bu faqat boshlanishi! #TeachForUzbekistan#YozgiInstitut2025#SummerInstituteVibes#YoshLiderlar Telegram |Linkedln| Instagram |Youtube