@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #81009 · 03.03.2026 г., 11:56
#XavfsizMahalla #Yo‘lXaritasi #Prokuratura #TanqidiyMuhokama #QonunUstuvorligi ⚖️ Chilonzorda xavfsiz muhitni yaratish masalalari tanqidiy muhokama qilindi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2026 yil 5 yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-sonli qarori asosida tasdiqlangan yo‘l xaritasi ijrosi yuzasidan tanqidiy muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilish Chilonzor tumani prokuraturasi shtabida tashkil etildi. Unda tuman hokimi, tuman prokurori, sektor rahbarlari hamda barcha mas’ul tashkilot va idoralar mutasaddilari ishtirok etdi. Muhokama davomida: ✅ mahallalarda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, ✅ ijtimoiy profilaktika choralarini kuchaytirish, ✅ “xavfsiz mahalla” tamoyili asosida manzilli ishlash, ✅ aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish masalalari tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. 👉👉👉 Yig‘ilishda yo‘l xaritasida belgilangan vazifalar ijrosini so‘zsiz ta’minlash, mas’ullarning shaxsiy javobgarligini oshirish hamda har bir mahallada xavfsiz va barqaror muhitni shakllantirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. ⬅️⬅️⬅️ Belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatilishi ta’kidlandi. 🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi