@dkattakhanova · Post #3303 · 07.07.2023 г., 14:41
#taqdirlar Sirdaryo viloyatining Guliston tumani “Mevazor” mahallasida yashovchi yosh oila go’dak bolasini oila a’zolariga qoldirib, xorijda ishlashga ketgan. 1 oy avval migratsiyadan qaytgach, yoshlar yordam so’rab murojaat qilgan. Oila bekasi Odina Musayeva tikuvchilik bilan shug’ullanib, shogirdlar tayyorlab, @dilnozaumirzakova kabi atelye ochmoqchi. Guliston tumani “Zarbdor” mahallasida yashovchi Xurshid Xolmirzayev 4 nafar farzandini yolg’iz katta qilgan onasiga yordam berish maqsadida avtomashinalarga chexol tikishni o’rgangan. Unga taqdim etilgan tikuv mashinada ustozi bilan ishlab, daromad topish niyatida. Ilk buyurtmachisi tuman hokimi bo’ldi. Sirdaryo tumani “Yangiobod” mahallasidan Zilola Zakirova otasi bevaqt vafot etgani uchun oilasiga yordam berish maqsadida tikuvchilik hunarini egallagan, ammo daromad topishi uchun tikuv mashinasiga ehtiyoji bor edi. Unga Prezidentimiz nomlaridan tikuv mashinasini topshirganimizda, oila a’zolarining ko’ziga yosh keldi. Bu samimiy quvonchni ko’rib, faxrlandim. Zarnigor Suyunboyeva esa kichik bo’lishiga qaramay, qandli diabet bilan kasallangan va salomatligini yaxshilash uchun davolanishga ehtiyoji bor. Unga Endokrinologiya markazida davolanish uchun yo’llanma topshirildi. Repetitorda mashg’ulotlari yakunlangach, avgust oyida davolanishga yotadi. Ushbu mahalladagi yoshlar yetakchisi Sherzod Rahimovning faoliyatini butun mahalla jamoasi, aholisi e’tirof etib, yoshlarning haqiqiy yetakchisiga aylanganini, olgan daromadini to’liq mahalla yoshlariga sarflashini aytishdi. Natijada mahalla yoshlari respublika musobaqalarida ham g’olib bo’lishmoqda. Eng muhimi - bu xizmatlar barcha mahallalarda tizimli ravishda bunga haqiqatda ehtiyoji bor yoshlarga ko’rsatib kelinmoqda. #yoshlarsiyosati#sirdaryo 🕊@dkattakhanova📱Facebook 📱Instagram🌐LinkedIn🕊Twitter