Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩
Больше двоек в дататайме вы не застанете!
Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам)))
🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз!
⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд!
#offtop
#targʻibot
Milliy liboslar – milliy qadriyatlarimiz timsoli!
Mehrli maktabda pedagoglar, tarbiyalanuvchilar, o’quvchilar va ularning onalari milliy liboslar orqali o‘zbek milliy qadriyatlarini namoyon etdilar.
Ushbu tashabbus milliy madaniyatimiz va an’analarimizni xalqaro maydonda targ‘ib qilishga xizmat qiladi.
Instagram
Facebook
Twitter
#Ekopartiya
#Surxondaryo
#Targʻibot
“Partiya – xalq bilan” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi tomonidan Termiz shahridagi “Bogʻishamol” MFYda “Partiya – xalq bilan” shiori ostida partiya targʻibotiga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida partiya viloyat Kengashi mas’ullari, mahalla faollari, yoshlar va nuroniylar ishtirok etib, bugungi kunda hududda ekologik holatni yaxshilash, chiqindilarni saralash, yashil hududlarni kengaytirish, daraxt ekish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ekologik islohotlar, ekologik madaniyatni yuksaltirish, va keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari xususida ham fikr almashildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Ekopartiya Surxondaryo viloyat Kengashi matbuot xizmati
#Navoiy
#Targʻibot
"Navoiyazot" AJ korxonasida targʻibot tadbirlari oʻtkazildi
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Navoiy shahar Kengashi raisi tomonidan Navoiyazot AJ korxonasida partiya faoliyatini keng targʻib etish va aholi, ayniqsa ishlab chiqarish korxonalari xodimlari oʻrtasida ekologik madaniyatni oshirish maqsadida o'tkazilgan targʻibot tadbirlaridan video lavha.
Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇👇Kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/navoiyekopartiya
#Ekopartiya
#Sariosiyo_tumani
#Targʻibot
🌿 Tabiatni asrash – barchamizning burchimiz!
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Sariosiyo tuman partiya tashkiloti raisi T. Mamadaminov tashabbusi bilan tumandagi 61-sonli umumtaʼlim maktabida ekologik targʻibot tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbirda maktab jamoasi, faol oʻquvchilar hamda partiya faollari ishtirok etib, ekologik muammolar, atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish va aholining ekologik madaniyatini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🏫 Shuningdek, o‘quvchilarning qiziqarli savollariga mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar berildi. Yoshlarni tabiatga mehr bilan qarashga undash, ularning ekologik faolligini oshirish ushbu tadbirning asosiy maqsadi bo‘ldi.
♻️ Oʻzbekiston Ekologik partiyasi — sogʻlom muhit va yashil kelajak uchun!
Surxondaryo viloyat partiya tashkiloti Matbuot xizmati
#Ekopartiya
#Oltinsoy_tumani
#Targʻibot
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Oltinsoy tuman Kengashi raisi B. Eshanqulova tomonidan tumandagi 44-sonli umumta’lim maktabida targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Uchrashuv davomida atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, daraxt va ko‘chatlarni parvarishlash, shuningdek, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yoshlarni tabiatga mas’uliyatli munosabatda bo‘lishga undovchi taklif va tavsiyalar bildirildi.
Shuningdek, yoshlarning ekologiya sohasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni turli ekologik tadbirlarga keng jalb etish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar taqdim etildi.
Ekopartiya Surxondaryo viloyat Kengashi matbuot xizmati
#Qiziltepa
#Targʻibot
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Qiziltepa tuman Kengashi raisi hamda partiyadan saylangan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan Furqat mahalla fuqarolar yig‘inida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbirda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, ishchi xodimlar, faollar ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida Oʻzbekiston Ekologik partiyasining asosiy maqsad va vazifalari, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik muammolarni bartaraf etish, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir davomida mahalla xodimlari tomonidan hududda mavjud ekologik muammolar, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, hududlarni obodonlashtirish, yashil hududlarni ko‘paytirish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.
Ekopartiya Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇👇Kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/navoiyekopartiya
#Qiziltepa
#Targʻibot
Qiziltepa tumanida ekologik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Qiziltepa tuman Kengashi raisi hamda partiyadan saylangan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Malikobod mahalla fuqarolar yig‘inida targ‘ibot tadbiri o‘tkazdi. Tadbirda mahalla aholisi, yoshlar va faollar ishtirok etdi.
Tadbir davomida partiya vakillari Oʻzbekiston Ekologik partiyasining asosiy maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumot berib, partiyaning atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlarni ko‘paytirish va ekologik madaniyatni oshirish yo‘nalishidagi faoliyatini tushuntirdi. Shuningdek, aholiga uy-joy hududlarini, ko‘chalardagi daraxtzorlarni va jamoat joylarini tartibga keltirish, chiqindilarni ajratib yig‘ish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Ekopartiya Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇👇Kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/navoiyekopartiya
#Qiziltepa
#Targʻibot
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qiziltepa tuman Kengashi raisi tomonidan tuman Obodonlashtirish bo‘limida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda obodonlashtirish sohasida fidokorona mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning atrof-muhitni asrab-avaylash, hududlarni toza va ko‘rkam saqlash yo‘lidagi xizmatlari alohida e’tirof etildi.
Davra suhbati davomida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis hamda xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirib berildi.
Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston Ekologik partiyasining asosiy maqsad va vazifalari, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish yo‘lidagi tashabbuslar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇👇Kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/navoiyekopartiya
#Qiziltepa
#Targʻibot
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qiziltepa tuman Kengashi raisi 12-oilaviy shifokorlik punktida tibbiyot xodimlari bilan uchrashib, partiyaning asosiy maqsad va vazifalari, shuningdek, ekologik xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Uchrashuv davomida ekologik muammolar faqat davlat yoki bir tashkilot zimmasidagi mas’uliyat emasligini, har bir fuqaroning kundalik hayotdagi kichik amaliy harakatlari ham tabiatni asrashda katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Xususan, chiqindilarni to‘g‘ri saralash, suv va energiya resurslaridan oqilona foydalanish, yashil hududlarni ko‘paytirish kabi oddiy odatlar ekologik madaniyatning eng asosiy poydevori ekani qayd etildi.
Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇👇Kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/navoiyekopartiya
#Uchquduq
#Targʻibot
Uchquduqda ayollar ekologik faollik haqida suhbatlashdi
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Uchquduq tuman Kengashi raisi 2-sonli Politexnikumda xotin-qizlar ishtirokida davra suhbati oʻtkazdi.
Tadbirda atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik madaniyatni yuksaltirishda ayollarning roli muhokama qilindi.
Ishtirokchilar chiqindilarni ajratish, daraxt ekish va hududlarni obodonlashtirish kabi masalalarda ayollarning faol ishtiroki haqida fikr almashdi.
Shu bilan birga, ekologik faollikni oshirish bo‘yicha kelgusidagi tavsiyalar ham bildirildi.
Ekopartiya Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇👇Kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/navoiyekopartiya
#Uchquduq
#Targʻibot
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Uchquduq tuman Kengashi raisi tomonidan tuman Qishloq xoʻjaligi boʻlimida ochiq muloqot ruhida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda nafaqat ekologiya sohasidagi dolzarb masalalar, balki partiyaning bugungi kundagi ustuvor maqsadlari, uzoq muddatli vazifalari hamda amalga oshirilayotgan amaliy ishlari keng yoritildi.
Suhbat davomida ekologik madaniyatni oshirish, atrof–muhitni muhofaza qilish, suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish, yashil hududlarni kengaytirish kabi tashabbuslarning mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirib berdi.
Tadbirning eng quvonarli jihatlaridan biri shuki, davra suhbati davomida partiyaning faoliyati bilan yaqindan tanishgan bir qator ishchi-xodimlar Ekologik partiya gʻoyalariga qiziqish bildirib, safimizga aʼzo bo‘lish istagini bildirishdi.
Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇👇Kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/navoiyekopartiya
#Ekopartiya
#Uzun_tumani
#Targʻibot
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Uzun tumani Kengashi raisi Sh. Mavlonov tashabbusi bilan tumandagi 1-sonli Axborot-kutubxona markazida partiya gʻoyalari va ekologik tashabbuslarni keng targʻib etishga qaratilgan mazmunli seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
📢 Tadbir “Biz kelajak uchun javobgarmiz” shiori ostida tashkil etilib, unda yoshlar, kitobxonlar hamda jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi.
Seminar davomida atrof-muhitni muhofaza qilishning dolzarb jihatlari, iqlim o‘zgarishining jamiyatga ta’siri borasida soʻz bordi. Shuningdek Sh. Mavlonov o‘z nutqida “Tabiatga bo‘lgan har bir masʼuliyatli qadam – kelajak avlodga sog‘lom hayot hadyasidir”, — deya ta’kidladi.
✨ Tadbir yakunida ishtirokchilar ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga va yashil muhit yaratishda faol bo‘lishga chaqirildi.
Surxondaryo viloyat partiya tashkiloti Matbuot xizmati