Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩
Больше двоек в дататайме вы не застанете!
Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам)))
🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз!
⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд!
#offtop
#Zarafshon
#Targibot
Zarafshon shahrida yoshlar o‘rtasida ekologik huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan muhim ma’rifiy tadbir – “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” nomli respublika ko‘rik-tanlovining maktablararo final bosqichi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
Final bosqichida shahar hududidagi umumta’lim maktablaridan saralab olingan 13 ta jamoa ishtirok etdi. Har bir jamoa ekologiyaga oid huquqiy bilimlari, sahnaviy chiqishlari, savol-javoblardagi faolligi hamda jamoaviy hamkorlikdagi mahorati orqali o‘zaro kuch sinashdi.
Hakamlar hay’ati tomonidan jamoalarning chiqishlari nizom talablari asosida baholab borildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, bilim, sahnaviy mahorat va jamoaviy uyg‘unlik borasida eng yuqori natijani qayd etgan 2-umumta’lim maktabi jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini ham qo‘lga kiritdi.
Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇Kanalimizga obuna bo‘ling!
https://t.me/navoiyekopartiya
#Zarafshon
#Targibot
Zarafshon shahrida ekologik madaniyatni oshirish, yoshlarda atrof-muhitga e’tibor va mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Zarafshon shahar Kengashi raisi tashabbusi bilan Barkamol avlod bolalar maktabida o‘quvchilar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda shahar Kengashi raisi ekologik muammolarning bugungi kundagi dolzarbligi, ularga befarq bo‘lmaslik, ayniqsa, yoshlar ongida “tabiat – umumiy uyimiz” degan tushunchani mustahkamlash zarurligini alohida ta’kidladi.
O‘quvchilar ekologiya borasidagi o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berishdi, shuningdek, maktab hududida amalga oshirilayotgan ko‘kalamzorlashtirish ishlari, chiqindilarni saralash tizimi va ekologik loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlari haqida ham fikr almashdilar.
Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇👇Kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/navoiyekopartiya
#Qiziltepa
#Targibot
Qiziltepa tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida buyuk sarkarda va mutafakkir, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qiziltepa tuman Kengashi raisi, maktab pedagog jamoasi, o‘quvchi-yoshlar hamda faollar ishtirok etdi.
Shundan so‘ng so‘zga chiqqan tuman Kengashi raisi Zahiriddin Muhammad Boburning serqirra hayot yo‘li, harbiy yurishlari, davlat boshqaruvidagi salohiyati bilan bir qatorda, uning nozik qalb egasi, tabiat oshuftasi bo‘lganini alohida ta’kidladi.
Boburning “Boburnoma” asarida tabiat manzaralari, o‘simlik va hayvonot olami, daryo va bog‘lar tasviri nihoyatda mehr bilan, kuzatuvchanlik asosida yoritilgani yoshlar uchun ibrat maktabi ekani qayd etildi.
Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇Kanalimizga obuna bo‘ling!
https://t.me/navoiyekopartiya
#Uchquduq
#Targibot
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Uchquduq tuman Kengashi raisi tomonidan buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan tumandagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida Alisher Navoiy nafaqat ulug‘ shoir va davlat arbobi, balki xalq farovonligi, obodlik va bunyodkorlik yo‘lida beqiyos xizmat qilgan buyuk siymo ekanini alohida ta’kidlashdi. Uning asarlarida tabiatni asrash, suv va yer ne’matlariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, har bir insonning atrof-muhit oldidagi mas’uliyati haqida ibratli fikrlar borligi sodda va tushunarli misollar orqali o‘quvchilarga yetkazildi.
O'quvchilar tomonidan Navoiy g‘azallari va ruboiylaridan namunalar ifodali o‘qildi. Bu esa davra suhbatiga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishlab, yoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirdi.
Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇Kanalimizga obuna bo‘ling!
https://t.me/navoiyekopartiya
#Ekopartiya
#Jarqoʼrgʼon_tumani
#Targibot
♻️ Ekologik madaniyatni oshirish yoʻlidagi muhim uchrashuv
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Jarqoʻrgʻon tuman partiya tashkiloti raisi K. Gʻafurjonovich tashabbusi bilan tumandagi “Seul Smart Education” oʻquv markazida partiya targʻibotiga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda oʻquv markaz direktori Umid Davlatov, markaz oʻqituvchilari hamda iqtidorli va faol yoshlar ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida partiyaning asosiy maqsad va vazifalari, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik muammolarni bartaraf etish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi, suv va havo resurslarini asrash masalalari yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, yoshlarni ekologik tashabbuslarda faol ishtirok etishga chorlash, ularning taklif va gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash muhimligi alohida taʼkidlandi. Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar oldilar.
Surxondaryo viloyat partiya tashkiloti Matbuot xizmati
#Ekopartiya
#Uzun_tumani
#Ekologik_sana
#Targibot
🌱 “14-mart – Xalqaro to‘g‘onlarga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Uzun tumani Kengashi raisi Sh. Mavlonov tashabbusi bilan tumandagi Pedagogika texnikumida “14-mart – Xalqaro to‘g‘onlarga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan ekologik targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda o‘quvchi-yoshlar, pedagoglar hamda mutaxassislar ishtirok etib, ekologik muammolar, xususan yirik gidrotexnik inshootlarning atrof-muhitga ta’siri, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda tabiiy muvozanatni saqlash masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida to‘g‘onlar qurilishining ekologik oqibatlari haqida tushunchalar berildi, suv resurslarini tejash va muhofaza qilish zarurligi ta’kidlandi, yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan fikr-mulohazalar bildirildi.
🌍 Ta’kidlanganidek, tabiat va inson o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, ekologik xavfsizlikni ta’minlashda har bir fuqaroning mas’uliyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Ekopartiya Surxondaryo viloyat Kengashi matbuot xizmati
#TARGIBOT#DIQQAT_PIYODA
#QONUN_USTUVOR_JAZO_MUQARRAR
🅰 Poytaxtimiz hududi bo'ylab Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan yo'l-transport hodisalarini oldini olish yuzasidan nazorat reyd tadbirlari va targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
✅Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
#Beshqorg'on_MFY
#Yoshlar
#HuquqbuzarlikProfilaktikasi
#IIV
#Xavfsizlik
#Targibot
#270Maktab
Payshanba – Yoshlar kuni: “Beshqo‘rg‘on” MFYda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Payshanba –Yoshlar kuni munosabati bilan “Beshqo‘rg‘on” MFY hududida joylashgan 270-maktabda keng qamrovli profilaktik tadbir tashkil etildi. Unda IIV JIED mas’ul xodimi, ishchi guruhi a’zolari, profilaktika inspektori, IIV Akademiyasi kursantlari hamda MFY “yettligi” vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga axborot texnologiyalari sohasida xavfsizlik, giyohvandlikning salbiy oqibatlari, firibgarlik holatlaridan himoyalanish hamda yo‘l harakati xavfsizligi (DYHXX) yo‘nalishida jinoyat qurboniga aylanib qolmaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, MFY yoshlar yetakchisi tomonidan bugungi kunda yoshlarga davlatimiz rahbari tomonidan yaratilayotgan keng imkoniyat va shart-sharoitlar haqida targ‘ibot ishlari olib borildi.
Tadbir yakunida MFY profilaktika inspektori so‘zga chiqib, o‘quvchilarni to‘g‘ri yo‘ldan yurishga, qonunlarga hurmat bilan qarashga hamda har qanday noqonuniy xatti-harakatlardan yiroq bo‘lishga chaqirdi.
🔵@Chilonzor_tuman_hokimligi