@newuzbekistanuniversity · Post #3397 · 24.01.2025 г., 16:20
Germaniya standartlari asosida zamonaviy tibbiyot fakulteti qurilishi muhokama qilindi ✅ "Yangi O'zbekiston" universitetiga Germaniyaning Frayburg universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiya eng avvalo universitetimizning Yangi Toshkent hududidagi zamonaviy binosi qurilish jarayonlari bilan tanishdi. 💥 Muzokaralarga ko'ra tibbiyot fakulteti 2026/2027 o'quv yilida Yangi Toshkentda ochilishi rejalashtirilgan bo'lib, dastlab 50 ta talaba qabul qilinadi. 🚛 Ushbu tibbiyot fakulteti o'z klinikasi va tadqiqot markaziga ham ega bo'lib, kelgusida nemis professor-o'qituvchilari tomonidan nafaqat darslar tashkil etilishi balki davolash, jarrohlik va tadqiqot ishlari ham amalga oshirilishiga kelishildi. 🎗Turli ilmiy jurnallarda chop etilgan tadqiqot natijalarida Germaniya sog'liqni saqlash tizimi dunyoda top 10 ro'yxatdan o'rin egallagan. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #tibbiyotmaktabi#klinika#frayberg ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook