@zaminfoundation · Post #2015 · 25.11.2025 г., 08:00
"Zamin" fondi va International Inclusive Hub Moskvada bo‘lib o‘tayotgan "Hamma uchun ochiq" forumida ishtirok etmoqda. Tadbirda davlat tuzilmalari, biznes, ta’lim muassasalari vakillari, nogironligi bo‘lgan shaxslar, eng yaxshi inklyuziv amaliyotlarni ishlab chiqish bo‘yicha xalqaro ekspertlar, soha mutaxassislari yig’ildi. Forumning samarali xalqaro amaliyotlarga bag‘ishlangan sessiyasida "Zamin" fondi inklyuziv ta’limni erta tashxis qo‘yish, tibbiy yordam ko‘rsatish, ta’lim muassasalarini jihozlash, o‘qituvchilarni tayyorlash va to‘siqsiz ijtimoiy muhit yaratish strategiyalarini birlashtirish orqali rivojlantirish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. — Фонд Zamin и International Inclusive Hub принимают участие в Форуме «Открыто для всех», проходящем в Москве. Мероприятие собрало представителей госструктур, бизнеса, образовательных учреждений, лиц с инвалидностью, международных экспертов по разработке лучших инклюзивных практик, профильных специалистов. На сессии Форума, посвященной эффективным международным практикам, Фонд Zamin поделился опытом развития инклюзивного образования через сочетание стратегий ранней диагностики, медицинской поддержки, оснащения образовательных учреждений, подготовки педагогов и создания безбарьерной социальной среды. #IIHUB#TosiqsizTalim#ОбразованиеБезБарьеров#СтрануМеняютЛюди Zamin|Facebook| Instagram| YouTube