@suxrobblog · Post #1452 · 21.03.2026 г., 07:55
1–2 yil dizayn sohasida yurib ham uni tushunmaslik mumkin. Xuddi shunday, ingliz tilidan dars berib yurib ham, tilni yetarlicha bilmaslik mumkin. Shu vaqt ichida kishi oʻz ustida ishlamasdan vaqtini nimaga sarflarkan-a... Reels koʻrish yoki kim bilandir vaqtini bekorchi narsalarga sarflab yurish bilanmikan?! — Masalan men, har xil kurslar sotib olib, oʻqib oʻrganib yuraman, bir tomondan izlanib oʻrgangandan tezroq natija olish imkoni paydo boʻladi. “Mana bu lokatsiyadagi dizayner qanday ishlayapti, yangicha yondashuvlari bormi, AIdan qay maqsadlarda foydalanyapti” degan savollar bilan yangiliklarga intilib boraman. Koʻproq vaqt sarflash, moddiy miqdordan qiymatliroq boʻladigan vaziyatda esa kurs sotib olgan qulay. Shu uchun ham yaqinda Behzod akaning AI dizayn kurslarini sotib olib koʻrib chiqayotgan edim. Kursda prompt bilan ishlashda yaxshi koʻrsatmalar berilgan ekan... P.S. Ilm olishda puldan tejayman deb, eng qimmatli umrimizni boy berib qoʻymasligimiz ham muhim! @suxrobblog #rivojlanish#kurs#umr
Hashtags