@javohir_akhmadjonov · Post #1914 · 15.10.2024 г., 11:41
Vazifalarni to‘g‘ri taqsimlash va xodimlarga javobgarlik yuklashning 4 samarali usuli: 1. Aniq rollarni belgilang: Har bir xodimning vazifasi va mas’uliyatini aniq belgilab, har birining o‘z maqsadi va roli tushunarli bo‘lishiga e’tibor qarating. 2.Kuchli tomonlarni hisobga oling: Xodimlar kuchli tomonlariga mos vazifalarni topshirsangiz, ular o‘z ishlarini yaxshi bajarishadi va mas’uliyat hissi kuchayadi. 3. Uzluksiz muloqot qiling: Vazifa jarayonida aniq ma’lumot va yo‘nalishlar berish hamda muntazam feedback taqdim etish xodimlarning ishini samarali qiladi. 4. Hisobot va javobgarlik tizimi: Har bir vazifaning natijasi bo‘yicha xodimlar hisobot berishini talab qiling. Bu ularning javobgarlik hissini oshirib, ishni sifatli bajarishga undaydi. #JamoaBoshqaruvi#Javobgarlik#VazifaTaqsimlash Kanalga ulanish: ➡️@javohir_akhmadjonov