@newuzbekistanuniversity · Post #3593 · 23.04.2025 г., 06:01
Xalifa universiteti bilan hamkorlik yanada kengaytiriladi 💥 “Yangi O‘zbekiston” universiteti delegatsiyasi Xalifa universitetida bo'lib, hamkorlik aloqalarini rivojlantirish borasida anglashinuv memorandumi va talabalar almashinuv dasturi bo'yicha kelishuv imzoladi. 💫 Kelishuvga binoan ikki tomonlama talaba va professor-o'qituvchilar almashinuvini ko'paytirish, qo'shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish va o'quv dasturlarini takomillashtirish borasida keng ko'lamli hamkorlik ishlari olib boriladi. ✅ Shuningdek, hozirda Xalifa universitetida tahsil olayotgan 6 nafar talabamiz bilan uchrashuv tashkil etildi. ✨Kuzgi semestrda yana 10 nafar talabamiz Xalifa universitetida o'qishni davom ettirishi rejalashtirilmoqda. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #memorandum#xalifauniversiteti ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Hashtags