@senat_markazi · Post #785 · 30.09.2024 г., 13:58
🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 Yangi g‘oyalar, innovatsiya va ijodiy mahsulotlar kapitalning asosiy qiymati hisoblanmish “Kreativ iqtisodiyot” – butun dunyo iqtisodiy rivojidagi yangi davrni boshlab berdi. Mamlakatimizning iqtisodiy, ijtimoiy taraqqiyotida ham “Kreativ iqtisodiyot”ning o‘rni tobora kengayib bormoqda. Shu bois, senatorlar bilan kreativ iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash, rivojlantirish va ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan Qonunni muhokama qildik. Qonun bilan kreativ iqtisodiyotning yo‘nalishlari, davlat siyosatining amalga oshirilish mexanizmi, vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining sohaga oid vakolatlari belgilab berilmoqda. #senat #yalpimajlis58 @tanzilanarbaeva
Hashtags