@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #82824 · 07.04.2026 г., 10:09
#Chilonzor #YashilMakonObod #Murojaat #KattaNavbahor #KommunalXizmat 🏠AHOLI MUROJAATLARI E’TIBORDA: KATTA NAVBAHOR MAHALLASIDAGI KO‘PQAVATLI UY TOMI TA’MIRLANDI Aholi farovonligini ta’minlash va mavjud muammolarni tezkor hal etish maqsadida “YASHIL MAKON OBOD” BSK tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida Chilonzor tumani “Katta Navbahor” mahallasidagi o‘rganishlar o‘tkazildi. O‘rganish natijasida hududdagi 26-sonli ko‘p qavatli uyning tom qismi yaroqsiz holatga kelib qolganligi aniqlandi. 🛠 Amalga oshirilgan ishlar: — Eskirgan va yaroqsiz holatdagi shifer qoplamalari to‘liq olib tashlandi; — Ularning o‘rniga zamonaviy, sifatli va chidamli tom qoplamalari o‘rnatildi. Ushbu sa’y-harakatlar natijasida xonadon egalari uchun qulay va xavfsiz yashash sharoiti yaratildi. Zero, xalqning mushkulini oson qilish va murojaatlar bilan manzilli ishlash bosh maqsadimizdir. 🔵Сhilonzor_tumani_hokimligi