@newuzbekistanuniversity · Post #3639 · 19.05.2025 г., 07:43
Talabalarimiz Yoshlar parlamenti a'zoligiga qabul qilindi 💥 "Yangi O'zbekiston" universitetining faol va tashabbuskor talabalari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti saylovlarida g'oliblikni qo'lga kiritib, a'zolikka tasdiqlandi. ✅ Birgina O'zbekiston Liberal demokratik partiyasiga respublika miqyosidan 5482 nafar yosh nomzodini qo'ygan bo'lib, saralashning hududiy bosqichida 1250 nafarining hujjatlari qabul qilingan. Bu bosqichda yoshlar o'z saylovoldi loyihasi bilan qatnashib, 6 ta yo'nalishda huquqiy va siyosiy salohiyatini namoyon qilgan. 💫 Bunda eng salohiyatli 137 nafar qatnashchi Respublika bosqichida ishtirok etish imkoniga ega bo'lgan. ✨ Talabalarimiz Elmurod Erkinov hamda Dilmurod Yo'ldoshev ham o'z tashabbuslari bilan qatnashib, Yoshlar parlamenti a'zoligiga tasdiqlandi. ⚡️Talabalarimizdan yanada faollik va ulkan muvaffaqiyatlar kutib qolamiz. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #yoshlarparlamenti ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Hashtags