@ecoschools_uzbekistan · Post #1787 · 17.04.2026 г., 13:46
🇹🇷 Istanbulda O‘zbekiston, Markaziy Osiyo va turkiy davlatlardan eko-faol yoshlarni birlashtirgan "Yoshlar parlamentlari va yoshlar yetakchiligi: innovatsiyalar va ekologik barqarorlik" mavzusidagi muhim xalqaro tadbir bo‘lib o‘tdi. 📝 Eco-Schools Uzbekistan ishtirokchilari o‘z loyihalarini taqdim etdilar, ekologik ta’lim sohasidagi yutuqlar haqida so‘zlab berdilar va ishtirokchilarning savollariga javob berdilar. Shuningdek, yashil startaplarni moliyalashtirish mavzusi tadbir ishtirokchilarida alohida qiziqish uyg‘otdi. 📈 Xalqaro yoshlar eko-qo‘mitasi a’zolari bir yilga mo‘ljallangan rejalari bilan o‘rtoqlashdi, qo‘shma loyihalarni yanada rivojlantirishni muhokama qildi. Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi "Bilisim Vadisi" texnoparki hamda yoshlar markazida bo‘ldi. Bu yerda ular ilg‘or texnologiyalar, innovatsion laboratoriyalar va yoshlar uchun ta’lim dasturlari bilan tanishdilar. ~~~ 🇹🇷 В Стамбуле состоялось значимое международное мероприятие «Молодёжные парламенты и молодёжное лидерство: инновации и экологическая устойчивость», собравшее активную экомолодёжь из Узбекистана, Центральной Азии и тюркских государств. 📝 Участники Eco-Schools Uzbekistan представили свои проекты, рассказали о достижениях в области экологического образования и ответили на вопросы участников. Особый интерес вызвала тема финансирования зелёных стартапов. 📈 Члены Международного молодёжного экокомитета поделились своими планами на год, обсудили развитие совместных проектов. В рамках программы делегация Узбекистана посетила молодёжный центр и технопарк Bilisim Vadisi. Здесь участники познакомились с передовыми технологиями, инновационными лабораториями и образовательными программами для молодёжи. #EcoSchoolsUzbekistan#climateaction#YouthCAN#youthclimateactionsnetwork#Youth4Action 😀Zamin🌐Instagram🌐Facebook