Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩
Больше двоек в дататайме вы не застанете!
Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам)))
🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз!
⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд!
#offtop
#YuridikFakultet
Hurmatli talabalar!
Yuridik fakulteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning iqtidor va qiziqishlarini rivojlantirish maqsadida turli klublar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Sizni quyidagi klublarga taklif qilamiz:
1️⃣ Harbiy vatanparvarlik klubi - https://t.me/+lMlzCXWSHD84NjRi
2️⃣ Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar klubi – https://t.me/+I6Zvql5II9dlOThi
3️⃣ Besh tashabbus klubi –https://t.me/yuridikBT
4️⃣ Kitobxonlik klubi - https://t.me/+LIMX08I1xMI3ZjUy
5️⃣ Sport faoliyati klubi – https://t.me/yurfaksportfaoliyati
6️⃣ Ijodkorlik va san’at klubi –https://t.me/yuridikIS
7️⃣ Intellektual loyihalar klubi - https://t.me/yuridik_zakovat
8️⃣ Kibersport klubi – https://t.me/Yuridik_cybersprots_club
9️⃣ Media yo‘nalishi klubi – https://t.me/+teUaI03Hd_44MmVi
🔟 Talaba qizlar klubi - https://t.me/+_QQhGNLh5805MmZi
✨ Qo‘shiling, o‘zingizni sinang va yangi imkoniyatlar sari qadam qo‘ying!
#YuridikFakultet
❗️Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti va Surxandaryo viloyat zakovat klubi hamkorligidagi
🤩 “Zakovat Quiz”ning 2-turiga marhamat!!!
❕ “Zakovat Quiz” — bu ko‘ngilochar intellektual o‘yin bo‘lib, unda oʻzingiz kabi bilimdonlar davrasida mantiqiy, test, rasmli, kino va musiqaga oid bir-biridan qiziqarli savollar bilan maroqli vaqt o‘tkazish mumkin.
🏆# 6-oktyabr dushanba kuni bo‘lib o‘tadigan “Zakovat Quiz” o‘yiniga barcha qiziquvchi bilimdonlarni taklif qilamiz!
📍 Manzil: Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti
⏰ Boshlanish vaqti: soat 17:30
✅ O‘yinda ishtirok etish istagida bo‘lsangiz, Yuridik fakultet intelektual loyihalar koordinatori :@zayniddin_ulmasov manziliga murojaat qiling. Joylar soni cheklangan.
📚 Eng muhimi ishtirokchilar orasida o‘tkaziladigan yutuqli lotereya orqali turli kitoblardan biriga ega boʻlishingiz mumkin.
❗️❗️Musobaqa 6 ta turdan iborat boʻladi. Yakunda jami 6 ta turda eng koʻp ball toʻplagan 3 ta jamoa taqdirlanadi.
🌐@terdu_yuridik
#YuridikFakultet
🎬1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti yoshlar ittifoqi tomonidan maxsus tanlov!
😇Aziz talabalar, siz eng qadrlaydigan ustozingizni e’tirof etishga tayyormisiz?
Yuridik fakulteti kirish qismida joylashtirilgan maxsus qutiga ustozingizning ismi-sharifini va dars beradigan fanini yozib tashlang.
📅29-sentabr – Maxsus quti joylashtiriladi
🏆30-sentyabr– eng ko‘p ovoz olgan ustozimiz maxsus sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
➡️Bu tuhfa — bizning ustozlarimizga bo‘lgan samimiy hurmatimiz va minnatdorchiligimiz ramzi.
“Ovozlaringiz ustozimiz qalbini quvonch bilan to‘ldirsin! 🌺✨
#YuridikFakultet#sport
Surxandaryoda talaba marafoni bo‘lib o‘tdi
Bugun Surxandaryo viloyatida yoshlar o‘rtasida “Talaba marafoni” tashkil etildi. Tadbirda viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari faol ishtirok etishdi.
Mazkur marafonning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashdan iboratdir.
fakultetimiz talabalari ham ishtirok etib, o‘zining sportga bo‘lgan qiziqishi va jismoniy tayyorgarligini namoyish qildi. Marafon yakunida faol qatnashgan talabalar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandilar.
🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating!
📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱You tube
#YuridikFakultet#BeshTashabbus
Yuridik fakultetida o‘tkazilgan namunaviy kibersport turniri yuqori ruhda va qizg‘in bellashuvlar ostida o‘tdi.
💻 Counter Strike 1.6 va 📱 PUBG Mobile yo‘nalishlarida bo‘lib o‘tgan turnirda talabalar o‘z jamoalari bilan ishtirok etib, haqiqiy kibersport mahoratini namoyish etishdi.
🏆 G‘olib bo‘lgan jamoalar tez orada Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.
Eslatib oʻtamiz haftaning har CHORSHANBA kuni ushbu musobaqa boʻlib oʻtadi.
📌 Turnirni tashkil etishda faol ishtirok etgan barcha talabalar va tashkiliy jamoaga minnatdorlik bildiramiz!
🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating!
📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱You tube
#BeshTashabbus#YuridikFakultet
Fakultetimizda “Besh tashabbus” olimpiadasi qizg‘in davom etmoqda! ⚽🏐
Bugun futbol bo‘yicha guruh bosqichi o‘yinlari yakunlandi. Natijalarga ko‘ra:
1-kurs – 525-guruh
2-kurs – 424-guruh
3-kurs – 523-guruh
4-kurs – 322-guruh
jamoalari final bosqichiga yo‘l oldi. 🏆
Ertaga bo‘lib o‘tadigan final bellashuviga barcha talabalarni taklif etamiz!
📍 Manzil: Yuridik texnikumi stadioni
🕘 Boshlanish vaqti: 14:00
Birgalikda g‘oliblarni qo‘llab-quvvatlaylik!
🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating!
📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱You tube
#YuridikFakultet#kitobxonlik
📚 PHOENIX READERS: Qayta tug‘ilish sari!
Bugun Termiz shahar San’at saroyi bog‘ida PHOENIX READERS kitobxonlik klubining ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida talabalar o‘zlari tanlagan kitoblarni o‘qib, bir-birlari bilan fikr almashdilar va ilhomli muhitda vaqt o‘tkazdilar.
📖 Ushbu loyiha har bir ishtirokchini yangi g‘oyalar, do‘stlik va o‘zini rivojlantirish sari yetaklaydi. “Har bir feniks avval kul bo‘ladi, so‘ng alangada qayta tug‘iladi” degan shior ostida o‘tgan uchrashuv talabalarga kuch va motivatsiya bag‘ishladi.
📅 Eslatma: PHOENIX READERS klubi uchrashuvlari har payshanba kuni o‘tkaziladi.
📍Joy: Termiz shahar San’at saroyi bog‘i
⏰ Vaqt: 16:00
Kitobxonlik klubi -https://t.me/+LIMX08I1xMI3ZjUy
Kelasi haftada ham biz bilan birga bo‘ling — o‘qing, o‘rganing va qayta tug‘iling!
🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating!
📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱You tube
#BeshTashabbus#YuridikFakultet#Sport#Final
Xabaringiz bor fakultetimizda “Besh tashabbus” olimpiadasining FUTBOL bo‘yicha final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. ⚽
🏆 Natijalar:
1-o‘rin: 3-kurs 523-guruh – universitet bosqichiga yo‘llanma oldi
2-o‘rin: 2-kurs 424-guruh
3-o‘rin: 4-kurs 322-guruh va 1-kurs 525-guruh
Taqdirlash marosimi 29-sentyabr kuni bo‘lib oʻtadi.
Barcha talabalarni g‘oliblarni tabriklash va qo‘llab-quvvatlash uchun marosimga taklif etamiz! 🎉
#BeshTashabbus#YuridikFakultet#Sport#Final
🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating!
📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱You tube