@suxrobblog · Post #1127 · 18.09.2025 г., 16:59
O'zbekiston grafik dizayn bozori: — "Gradientni aralashtir, keraksiz elementlarni qo'sh, ozroq manipulatsiya, ozroq zaharli ranglar..." Shu kabi, bir ko'rimsiz, yoqimsiz dizaynlar tiqilib ketdi-ya? Chetdagi brendlarga ahamiyat bersam, minimalizm. Hattoki, dizayn qilgani ham bilinmaydi. Dizayn tilida aytadigan bo'lsam, ortiqcha shovqin (shum) yo'q. Ko'rib maza qilaman. Bizda esa "dizaynerlar saviyasi", uzr mijoz saviyasi bilan teng desam ham bo'ladi. Meni gapimdan xafa bo'lmanglar, haqiqatda har doim mijozni aytganini 100 da 100 qilgan dizaynerni yana nima deb atay?! Mijoz janoblari, dizayner (art-direktor desa ham bo'ladi). "Dizayner" esa grafik muharrirni ishlatuvchi qo'l... Umuman olganda bizda kadrlar bor, sohani mijozga yetkazib tushuntirib bera oladigan saviyadagi kadrlar kam. Shuningdek, tormoz dizaynerlar ham ko'payib ketgan, bitta brend stil boshlab beradi, qolganlar ko'chiradi. Ey baraka topgur, o'zing idea o'ylab top, o'zing bitta stil ishlab chiq. Har kuni mastava yeyaversang ham jongingga tegib ketadi-yu... Biz ham bitta brendni stilini 78 ta o'quv markazda yoki shaxsiy brend dizaynlarida ko'rib zerikib ketdik-ku. (( @suxrobblog » #grafikdizayn#zerikish
Hashtags