@newuzbekistanuniversity · Post #2812 · 15.04.2024 г., 13:28
Dresden amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlandi 🌐 "Yangi O'zbekiston" universiteti delegatsiyasining Germaniyaga tashrifi davomida Dresden amaliy fanlar universiteti bilan anglashinuv memorandumi imzolandi. ✅ Unga ko'ra ikkala universitet o'rtasida talabalar hamda professor-o'qituvchilar almashinuvini tashkil etish va hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar o'tkazishga kelishib olindi. ☑️ Ikki tomonlama hamkorlik to'g'risida Dresden amaliy fanlar universiteti rektori professor Kathrin Salchert quyidagilarni bildirdi: Biz "Yangi O'zbekiston" universiteti bilan hamkorlik qilayotganimizdan mamnunmiz. Anglashinuv memorandumi imzolaganimiz hamkorligimizni yanada rivojlantirishiga va ikki tomonga ham juda foydali bo'lishiga ishonaman". 📌 Ma'lumot uchun, Dresden amaliy fanlar universiteti bilan 2023-yildan hamkorlik aloqalari o'rnatilgan bo'lib, DAAD dasturida birgalikda ishtirok etib kelinmoqda. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #Memorandum#Dresden#DAAD ⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Hashtags